“Oʻzarxiv” agentligi direktori Ulugʻbek Yusupov Xorazm viloyatidagi davlat arxivlarida boʻldi.




















O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi direktori Ulugʻbek Yusupov Xorazm viloyatidagi xizmat safari doirasida Xonqa tuman davlat arxivi, Hazorasp, Bog‘ot, Yangiariq, Urganch shahar va tuman shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivi hamda Xorazm viloyat davlat arxivi ish jarayoni bilan tanishdi.

Ulugʻbek Yusupov arxivlarda arxiv ish jarayoni, ishlatilayotgan axborot tizimlari samaradorligi, hujjatlarni saqlanish holati, raqamlashtirish jarayonlari, yig‘majildlarni umumiy holatlari, xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, koʻrsatilayotgan xizmatlarning tezkorligi bilan tanishdi.

Maʻlumot uchun: Xonqa tuman davlat arxivida 1924-2020-yillarga oid 548 ta fondda 93150 saqlov birlik hujjat mavjud.

Maʻlumot uchun: Hazorasp tuman shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivida 1947-2021-yillarga oid 187 ta fondda 20370 saqlov birlik hujjat mavjud.

Maʻlumot uchun: Bog‘ot tuman shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivida 1923-2020-yillarga oid 411 ta fondda 17981 saqlov birlik hujjat mavjud.

Maʻlumot uchun: Xorazm viloyat davlat arxivida 1924-2023-yillarga oid 829 ta fondda 207185 saqlov birlik hujjat mavjud.


Manba : “O‘zarxiv” agentligi Axborot xizmati