“Oʻzarxiv” agentligi direktori Ulugʻbek Yusupov Xorazm viloyatidagi xizmat safari doirasida fuqarolarga arxiv davlat xizmatlari koʻrsatdi
















“Oʻzarxiv” agentligi direktori Ulugʻbek Yusupov fuqarolarga arxiv davlat xizmatlari koʻrsatdi

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi direktori Ulugʻbek Yusupov Xorazm viloyatidagi xizmat safari doirasida Xorazm viloyati Adliya boshqarmasi, Xonqa tumani Adliya boʻlimi Davlat xizmatlari markaziga tashrif buyurib, shu yerning oʻzida arxiv maʼlumotlarini olishga oid masala bilan kelgan jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlari koʻrsatildi.

Davlat xizmatlari markaziga kelgan fuqarolarning murojaatlari tinglandi,  Oʻzaro muloqot chogʻida fuqarolar va tadbirkorlarning arxiv davlat xizmatlari koʻrsatish sifatini yana-da oshirish boʻyicha taklif va mulohazalarini oʻrganildi.


Manba : “O‘zarxiv” agentligi Axborot xizmati