"O‘zarxiv" agentligi direktori Ulug‘bek Yusupovning 18-iyul kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “2024-yil 1-yarim yilligi davomida “O‘zarxiv” agentligi tizimida amalga oshirilgan ishlar” mavzusida o‘tkazilgan matbuot anjumani dagi maʼruzasidan

O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishini rivojlantirishning 2024-yil 1-yarim yilligiga mo‘ljallangan rejasi 20 ta ko‘rsatkichlar bo‘yicha bajarilib, shundan 19 ta ko‘rsatkich bo‘yicha oshirib bajarildi. Xususan, 2024-yil hisobot davriga, O‘zbekiston milliy arxivlari va respublika davlat arxivlari tomonidan jami 1 082,3 ming saqlov birligidagi 74,4 mln. kadr raqamlashtirildi. Tasdiqlangan rejaga muvofiq, 2024 yil boshidan 62,2 ming saqlov birligidagi qariyb 7,2 mln. kadr raqamlashtirildi va reja 106 foizga bajarildi. 2024-yilning 6 oyida davlat arxivlari tomonidan arxiv hujjatlarining 7,2 ta mln. kadr elektron nusxalari yaratilib, bugungi kunga qadar jami 74,3 mln. kadrni tashkil etgan. Hisobot davrida O‘zbekiston milliy arxivlari va davlat arxivlari tomonidan “Davlat arxivlarida raqamlashtirilayotgan hujjatlarni yagona saqlovini taʼminlash hamda ulardan foydalanish” axborot tizimiga jami 1 mln 740 ming ta maʼlumotlar kiritildi, shundan 48 954 ta fond, 54 016 ta ro‘yxat, 910 973 ta saqlov birligi va 726 620 ta hujjat bazasi yaratildi. Tasdiqlangan rejaga muvofiq 6 oyda davlat arxivlari tomonidan axborot tizimiga 578 303 ta maʼlumotlar kiritildi, shundan 468 ta fond, 3 307 ta ro‘yxat, 206 177 ta saqlov birligi va 368 351 ta hujjat bazasi yaratildi va reja 143 foizga bajarildi. Agentlikka 2024-yil 1-yarim yillik davomida jismoniy va yuridik shaxslardan jami 1006 ta murojaatlar kelib tushdi. 2024-yil 1-yarim yillik davomida Respublika arxivlariga mavzuli va ijtimoiy-huquqiy mazmundagi so‘rovlar jami 250 350 ta kelib tushgan bo‘lib, ijrosi taʼminlandi. “O‘zarxiv” agentligi, Arxiv ishi hududiy boshqarmalari tomonidan tashkilotlar hamda korxonalarda arxiv ishi va ish yuritish holati ustidan davlat nazoratini amalga oshirish bo‘yicha 2024-yil 1-yarim yillik davomida 170 ta tashkilotda nazorat tekshiruvlari o‘tkazilib, arxivlar tomonidan tashkilot va korxonalarga qo‘llanilgan chora sifatida 148 ta taqdimnomalar kiritilgan, 30 ta maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga 6 ta materiallar yuborilgan. Shuningdek, korxona va tashkilotlarda arxiv ishi va ish yuritish bo‘yicha uslubiy hamda amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha 324 ta yalpi o‘rganish, 225 ta mavzuli o‘rganish ishlari olib borildi. 2024-yil Agentlik huzuridagi Arxiv ishi va ish yuritish bo‘yicha malaka oshirish ilmiy-metodik markazida jami 239 nafar tinglovchi malaka oshirdi. Davlat arxivlari o‘quvxonalarida tadqiqotchilar ishini tashkil etish bo‘yicha 603 nafar O‘zbekiston fuqarolari, 15 nafar Chet el fuqarolari tadqiqotchilik ishlarini olib bordilar, shuningdek 162 291 saqlov birligidagi hujjatlar tadqiqotchilarga foydalanish uchun taqdim etildi. O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xizmatlari ko‘rsatish hamda tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” Qonuni qabul qilindi. Ushbu Qonunga muvofiq Nodavlat arxivning faoliyatini boshlash yoki tugatish uchun belgilangan tartibda xabarnoma yuborish orqali amalga oshirilishi belgilandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi “O‘zbekiston–2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF–37-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Arxiv sohasini hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi faoliyatini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida” Farmoni loyihasi (ID -95495) ishlab chiqildi va Vazirlar Mahkamasiga yuborildi. Vazirlar Mahkamasining “Arxiv hujjatlarini tartibga keltirishga kompetentligi yuzasidan talabgorlarni attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasi (ID-94555) ishlab chiqildi va Hukumatga yuborildi.

2024-yilning 1-yarim yilligida Rossiya Federatsiyasi arxivlaridan 1914-yilda Turkiston o‘lkasiga tashrif buyurgan rus amaldori V.Nikitin va uning turmush o‘rtog‘iga tegishli bo‘lgan shaxsiy arxiv jamg‘armasida jamlangan Verniy shahri hamda Toshkent shahrining eski va yangi qismlariga oid, Marv shahri tavsifi, shahar aholisiga oid qiziqarli maʼlumotlardan iborat 150 ta foto nusxalari va 1 ta yo‘l kundalikning elektron nusxasi, Sharof Rashidovga tegishli 28 ta yig‘majild (delo)lardagi 161 ta kadr arxiv hujjatlari nusxalari, Tojikiston arxivlaridan Turkiston o‘lkasining Sirdaryo va keyinchalik Samarqand viloyatlari tarkibiga kirgan Xo‘jand, O‘ratepa, Jizzax uyezdlari ijtimoiy-iqtisodiy tarixi, Rossiya Buxoro-Xiva o‘rtasidagi savdo aloqalariga tegishli maʼlumotlar, Katta Farg‘ona va Varaxsha suv kanllarini qazish jarayonlari, ikki respublika o‘rtasida qishloq xo‘jaligini yuritish maqsadida kolxozchilarni ko‘chirish bo‘yicha O‘zbekiston tarixiga oid 1000 dan ortiq hujjatlarning elektron nusxalari olib kelindi. Hamda, 2024-yil 4 – 7-iyun kunlari Qozog‘istonda o‘tkazilgan O‘zbekiston arxivlari kunlari doirasida tashkil etilgan ko‘rg‘azmada namoyish etilgan 100 dan ortiq XX asr Qozog‘iston va O‘zbekiston xalqlari tarixi va madaniyatiga oid qog‘oz asosidagi hujjatlar bilan birga foto materiallar ham olib kelindi. Jumladan, 1953-yillarda turkiston xonliklari va Qozoq sultonlarining aloqalariga oid, 1900 yilda Toshkentdan Chimkentgacha telegraf aloqasini o‘tkazib bo‘yicha Sankt Peterburgdagi telegraf departamenti bildirgisi, 1960-yillarda O‘zbekiston SSRda chorvachilikni rivojlantirish maqsadida yaylovlarni kengaytirish masalalarini muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bayonnomasi shular jumlasidandir. 2024-yil 5-11-may kunlari Mo‘g‘uliston madaniyat vazirligi va UNESCO ishlari bo‘yicha Mo‘g‘uliston Milliy komissiyasi tomonidan tashkil etilgan MOWCAP 10-Yalpi majlisida “Xudoybergan Devonovning Xorazm oazisi suratlari to‘plami” va “Turkiston albomi” bir ovozdan qabul qilindi va O‘zbekistondan ushbu 2 ta nodir hujjatlar to‘plami UNESCOning “Jahon xotirasi” ro‘yxatiga kiritildi hamda tegishli sertifikatlar qabul qilindi. 2024-yil 28-mayda Vengriya Respublikasi Budapesht shahrida“O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi hamda Vengriya Milliy arxivi o‘rtasida madaniy-gumanitar hamkorlikni yana-da kengaytirish to‘g‘risidagi kelishuvlarning bajarilishini taʼminlash bo‘yicha Amaliy harakatlar rejasi (2024-2028 yillar uchun)” imzolandi. 2024-yil 4-7-iyun kunlari Qozog‘iston Respublikasi Chimkent va Turkiston shaharlarida“Qozog‘istonda O‘zbekiston Respublikasi arxiv kunlari” tadbirlari, xususan, O‘zbekiston-Qozog‘iston foto-hujjatli ko‘rgazmalari, “O‘zbekiston-Qozog‘iston tarixini tadqiq etish dolzarb muammolari” mavzusidagi ilmiy-amaliy anjumani hamda “O‘zbekiston-Qozog‘iston: ikki davlat o‘rtasida arxiv sohasini rivojlanish jihatlari” mavzusidagi davra suhbati kabi bir qator xalqaro tadbirlar o‘tkazildi. Qozog‘iston arxivlari saqlovidagi O‘zbekiston tarixi va madaniyatiga oid 280 ta kadr arxiv hujjatlari elektron nusxalari yurtimizga olib kelindi.


Manba : “O‘zarxiv” agentligi Axborot xizmati