"O‘zarxiv" agentligi direktori U.Yusupov Namangan yoshlari bilan uchrashdi.

"O‘zarxiv" agentligi direktori U.Yusupov Namangan yoshlari bilan uchrashdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning
2019 yil 27 dekabr kuni Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda mamlakat yoshlari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda bergan topshiriqlari ijrosini ta’minlash maqsadida
“O‘zarxiv” agentligi direktorining Namangan davlat arxivlarida faoliyat ko‘rsatayotgan yoshlar hamda Namangan davlat universitetida tahsil olib kelayotgan talaba yoshlari bilan “Ochiq muloqot” tadbiri o‘tkazildi. Tadbir oldidan Namangan davlat arxivlarida saqlanayotgan arxiv hujjatlaridan ko‘rgazma tashkil etildi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi "O‘zarxiv" agentligi direktori U.Yusupov, Yoshlar yetakchisi M.Mirzaahmedov, Namangan viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig‘i N.Ahmadaliyev, 75 nafar yoshlar ishtirok etdilar.
Ochiq muloqot davomida yoshlar o‘zlarini qiynab kelayotgan masalalar va ularning yechimlari, zamonaviy arxivshunos kadrlarni tayyorlash:muammo va yechimlar yuzasidan savollariga javob olishga muvaffaq bo‘ldilar. Faol yoshlar "O‘zarxiv" agentligi direktorining "Maqtov yorlig‘i" bilan taqdirlandilar.


"O‘zarxiv" agentligi Axborot xizmati