"O‘ZARXIV" AGENTLIGI DIREKTORI U.YuSUPOV QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI BERUNIY TUMANIDA SAYYOR QABUL O‘TKAZDI.

Joriy yil 21 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti tomonidan 2020 yil 6 iyuldagi 08/1-1296-son bilan tasdiqlangan “O‘zarxiv” agentligi rahbariyati tomonidan 2020 yilning II yarim yillikda hududlarda jismoniy va yuridik shaxslarni sayyor qabuli  jadvali”ga muvofiq  “O‘zarxiv” agentligi direktori U.M.Yusupov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tuman davlat arxivida jismoniy va yuridik shaxslar vakillari sayyor qabulini o‘tkazdi.
Sayyor qabul davomida og‘zaki murojaatlar tinglandi, murojaatlarni hal etishda amaliy ko‘mak ko‘rsatildi va tumandagi arxivga murojaat qilib, yechimini topmagan masalalar yuzasidan tegishli huquqiy maslahatlar berildi.
Xizmat safari davom etadi...


Manba : "Ўзархив" агентлиги Ахборот хизмати