“Oʻzarxiv” agentligi direktori U.Yusupov Qoraqalpog’iston Respublikasidagi arxivlar ish faoliyati bilan tanishdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi direktori Ulugʻbek Yusupov Qoraqalpog’iston Respublikasidagi xizmat safari doirasida Qorao‘zak, Amudaryo, Beruniy, Toʻrtkoʻl, Ellikqalʼa tuman davlat arxivlari, Nukus shahar shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivi, Markaziy davlat arxivi hamda Adliya vazirligi huzuridagi FHDYO va Notarial arxivlarida boʻldi.
U.Yusupov arxivlarda ish jarayoni, ishlatilayotgan axborot tizimlari samaradorligi, hujjatlarni raqamlashtirish jarayonlari, xodimlar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, kartonlashtirish jarayonlari hamda koʻrsatilayotgan xizmatlarning tezkorligi bilan tanishib, arxiv xodimlariga tegishli tavsiya va topshiriqlar berdi.
Ma'lumot uchun: Qorao‘zak tuman davlat arxivi 1985-yili 2-dekabrda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Markaziy davlat arxivi filiali sifatida o‘z faoliyatini boshlagan. 2012-yildan esa Qorao‘zak tumani davlat arxivi bo‘lib qayta tashkil etilgan. Arxiv saqlovida bugungi kun holatiga jami 214 ta hujjatlar fondi jamlangan bo‘lib, ushbu hujjatlar 24 390 ta saqlov birligidan iborat.
Ma'lumot uchun: Qoraqalpog‘iston Respublikasi Markaziy davlat arxiv fondi bugungi kun holatiga jami 675 ta hujjatlar fondida 220 ming saqlov birligini tashkil etmoqda. Doimiy ravishda arxiv fondiga respublika vazirlik va idoralarining saqlov muddati o‘tgan arxiv hujjatlarini qabul qilish ishlari olib borilmoqda va arxiv fondi MAF hujjatlari bilan boyitilmoqda.
Ma'lumot uchun: Amudaryo tumani davlat arxivi 2006-yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Markaziy davlat arxivi filiali bo‘lib o‘z faoliyatini boshlagan va 2012-yilda davlat arxivi sifatida qayta tashkil etilgan. Arxiv saqlovida jami 237 ta fondda 35 867 ta saqlov birligiga ega hujjatlar mavjud. 2018-yilda Amudaryo tuman davlat arxivi yangidan rekonstruksiya qilingan zamonaviy arxiv binosida ish boshlagan. Joriy 2023-yilda binoda zamonaviy energiya tejovchi quyosh panellari qurib ishga tushirildi.