“Oʻzarxiv” agentligi direktori U.Yusupov Xorazm viloyatidagi xizmat safari doirasida arxivlar ish faoliyati bilan tanishdi.




















































“Oʻzarxiv” agentligi direktori U. Yusupov Xorazm viloyatidagi xizmat safari doirasida arxivlar ish faoliyati bilan tanishdi.


“Oʻzarxiv” agentligi direktori U.Yusupov Xorazm viloyat davlat arxivi, Xiva shahar, Yangibozor, Xonqa, tuman davlat arxivlari, Yangibozor, Xonqa, Xiva tuman shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivlari hamda Xiva shahrida joylashgan “Nurullaboy” saroyidagi Xudoybergan Devonov hayoti va faoliyatiga bagʻishlangan muzeyda boʻldi.

U.Yusupov tuman davlat arxivi moddiy texnik bazasi, hujjatlar saqlanish holati, aholiga koʻrsatilayotgan arxiv xizmatlari, mavjud muammolar yuzasidan xodimlar bilan suhbatlashib, mas'ullarga amaliy tavsiya va takliflar berildi.

Maʼlumot uchun: Xorazm viloyat davlat arxivi 1926-yilda tashkil topgan. Bugungi kunda 826 ta fondda jami 194436 saqlov birligidagi doimiy va saqlov muddati vaqtincha boʻlgan hujjatlar mavjud.

Ma'lumot uchun: Yangibozor tuman davlat arxivi 1962-yil 2-iyunda tashkil topgan. Bugungi kunda 530 ta fondda jami 111938 saqlov birligidagi doimiy va saqlov muddati vaqtincha boʻlgan hujjatlar mavjud.

Ma'lumot uchun: Yangibozor tuman shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivi 2001-yil 19-fevralda tashkil topgan. Bugungi kunda 522 ta fondda jami 23188 saqlov birligidagi doimiy, shaxsiy tarkib va saqlov muddati vaqtincha boʻlgan hujjatlar mavjud.

Ma'lumot uchun: Xonqa tuman davlat arxivi 1967-yil 15-iyulda tashkil topgan. Bugungi kunda 543 ta fondda jami 88042 saqlov birligidagi doimiy va saqlov muddati vaqtincha boʻlgan hujjatlar mavjud.

Ma'lumot uchun: Xonqa tuman shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivi 2007-yil 27-noyabrda tashkil topgan. Bugungi kunda 620 ta fondda jami 21546 saqlov birligidagi doimiy, shaxsiy tarkib va saqlov muddati vaqtincha boʻlgan hujjatlar mavjud.

Ma'lumot uchun: Xiva shahar davlat arxivi 1962-yil 25-sentabrda tashkil topgan. Bugungi kunda 402 ta fondda jami 64198 saqlov birligidagi doimiy va saqlov muddati vaqtincha boʻlgan hujjatlar mavjud.

Maʼlumot uchun: Xiva tuman shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivi 2001-yilda tashkil topgan. Bugungi kunda 285 ta fondda jami 23800 saqlov birligidagi doimiy, shaxsiy tarkib va saqlov muddati vaqtincha boʻlgan hujjatlar mavjud.

Maʼlumot uchun: Moʻgʻuliston davlatida joriy yil may oyida boʻlib oʻtgan YUNESKO Osiyo va Tinch okeani mintaqasi bo‘yicha “Jahon xotirasi” qo‘mitasi (MOWCAP) 10-Yalpi majlisida “Oʻzarxiv” agentligi direktori U.Yusupov ishtirok qilgan. Ushbu majlisda mamlakatimiz tomonidan YUNESKOning “Jahon xotirasi” dasturi Osiyo va tinch okeani mintaqasi roʻyxatiga kiritish uchun taqdim etilgan ikkita hujjat:

“Xudoybergan Devonovning Xorazm oazisi suratlari toʻplami;

Turkiston toʻplami” bir ovozdan maʼqullanib, qabul qilindi.


Manba : “O‘zarxiv” agentligi Axborot xizmati