"O‘ZARXIV" AGENTLIGI DIREKTORI XIVA ShAHRI “IChAN QAL’A” DAVLAT MUZEY-QO‘RIQXONASIDA TAShKIL QILINGAN “DAVLAT ARXIVLARI MUZEYI”NI OChIB BERDI.

Bugun “O‘zarxiv” agentligi direktori Ulug‘bek Yusupov Xiva shahri “Ichan qal’a” davlat muzey-qo‘riqxonasida Xorazm viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi, Xiva shahar davlat arxivi tashabbusi hamda O‘zbekiston milliy arxivi ko‘magida tashkil qilingan “Davlat arxivlari muzeyi”ni ochilish marosimini o‘tkazdi.

Мазкур музей экспонатлари Ўзбекистон миллий архивида сақланиб келинаётган XVII аср охири ва XIX аср бошларига тегишли Хива хонлиги концелярияси ҳужжатлари ҳисобланади. Бу ҳужжатлар Ўзбекистонда биринчилардан бўлиб ЮНЕСКОНИНГ Жаҳон хотираси халқаро рўйхатига киритилган ҳужжатлар ҳисобланади. 

 

Eksponatlar yaratilishi: qadimiy (2 asrlik) qog‘ozlarga xattotlar tomonidan asl hujjatning nusxasi qo‘l mehnati bilan tushirilgan.

 

Muzey ochilishidan asosiy maqsad arxiv hujjatlarining naqadar qimmatdorligi, qadimiyligini va qanchalik yaxshi saqlanayotganligi, qolaversa O‘zbekiston tarixini, xususan Xorazm tarixini tashrif buyuruvchi turistlarga yetkazish, turizmni rivojlantirishda arxivlarning o‘rni beqiyosligi ko‘rsatishdir. 

Kelgusida muzeyni O‘zbekiston arxivlarida saqlanayotgan mana shunday qimmatli hujjatlar bilan yanada boyitib borishga, muzeyni kengaytirishga kelishib olindi. 


Manba : "Ўзархив" агентлиги Ахборот хизмати