"O‘zarxiv" agentligi direktori yoshlar bilan “Ochiq muloqot” o‘tkazdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2019 yil 27 dekabr kuni Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda mamlakat yoshlari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda bergan topshiriqlari ijrosini ta’minlash maqsadida 2020 yil 17 yanvar kuni “O‘zarxiv” agentligi direktorining yoshlar bilan “Ochiq muloqot” tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi "O‘zarxiv" agentligi direktori U.Yusupov, O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar Ittifoqi Markaziy Kengashi Ijro palata rahbari M.M.Akromov, "O‘zarxiv" agentligi Axborot xizmati rahbari A.Aliyev va arxiv tizimida faoliyat ko‘rsatadigan yoshlar ishtirok etdilar. Tadbirga "O‘zarxiv" agentligi Yoshlar Ittifoqi raisi M.M.Mirzaahmedov moderatorlik qildi.
Ochiq muloqot davomida arxivchi yoshlar tomonidan sohaga doir muammolar, arxiv sohasini rivojlantirish, yoshlar faoliyatini qo‘lla-quvvatla9sh bo‘yicha takliflar berildi.
Uchrashuv yakunida O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi va uning tizimida 2020 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlar belgilab olindi.
"Ochiq muloqot" ga OAV vakillari taklif etildi.


"O‘zarxiv" agentligi Axborot xizmati