“O‘zarxiv” agentligi direktorining O‘zbekiston Milliy universiteti talaba yoshlari bilan “Ochiq muloqot” tadbiri o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2019 yil 27 dekabr kuni Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda mamlakat yoshlari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda bergan topshiriqlari ijrosini ta’minlash maqsadida
“O‘zarxiv” agentligi direktorining O‘zbekiston Milliy universiteti talaba yoshlari bilan “Ochiq muloqot” tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi "O‘zarxiv" agentligi direktori U.Yusupov, Agentlik Axborot xizmati rahbari, milliy arxivlar direktorlari, O‘zbekiston Milliy universiteti tarix fakulteti dekani A.Mo‘minov, professor-o’qituvchi, doktorantlar, magistrlar va talabalar ishtirok etdilar.
Ochiq muloqot davomida yoshlar o‘zlarini qiynab kelayotgan masalalar va ularning yechimlari, zamonaviy arxivshunos kadrlarni tayyorlash:muammo va yechimlar yuzasidan savollariga javob olishga muvaffaq bo‘ldilar.

"O‘zarxiv" agentligi Axborot xizmati