“O‘zarxiv” agentligi “Eng yaxshi axborot xizmati - 2025” tanlovi g‘olibi








“O‘zarxiv” agentligi “Eng yaxshi axborot xizmati - 2025” tanlovi g‘olibi

Maʼlumki, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan har yili “Axborot xizmatlari faoliyati: ochiqlik, tezkorlik va xolislik bosh mezon” mavzusida milliy konferensiya tashkil etish anʼanaga aylangan.

Joriy yilda beshinchi bor o‘tkazilayotgan konferensiya doirasida AOKA tomonidan axborot xizmatlari o‘rtasida eʼlon qilingan “Eng yaxshi axborot xizmati - 2025” tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Tanlovda ikki guruh: respublika bosqichiga yetib kelgan davlat organlari va hokimliklar hamda hududiy tashkilotlar axborot xizmatlari rahbarlari beshta shart bo‘yicha bellashdilar. Shartlar quyidagilardan iborat bo‘ldi:

1-shart: “Media-vizitka” – 3 daqiqalik videorolik taqdimoti;

2-shart: Stimulyatsiya – “Inqiroz vaziyatida axborot xizmati qanday harakat qiladi?”

3-shart: Blis-savollar

4-shart: Debatlar – “Fikr dueli”

5-shart: “Qiyin hujjatni sodda tushuntir”

Sovrindorlarni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Asadjon Xodjayev taqdirladi.

Tanlov natijalariga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi Axborot xizmati rahbari Anvarjon Aliyev “Eng yaxshi axborot xizmati - 2025” g‘olibi bo‘ldi.

“O‘zarxiv” agentligi jamoasi Anvarjon Aliyevni mazkur mukofot bilan muborakbod etib, kelgusi faoliyatiga ulkan muvaffaqiyat va zafarlar tilaydi.


Manba : “O‘zarxiv” agentligi Axborot xizmati