“O‘zarxiv” agentligi “Gender tenglikni ta?minlashda eng faol respublika darajasidagi davlat organi" nominatsiyasi g‘olibi.

\

Bugun, 26-iyun kuni Adliya vazirligida Oliy Majlis Senati tashabbusi bilan har yili o‘tkazib kelinayotgan “Gender tenglik faoli” milliy tanlovining taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Taqdirlash marosimida adliya vaziri o‘rinbosari A. Karimov, Senatning Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi raisi M. Kadirxanova, Senatning  xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasida doimiy asosda ishlovchi senator G.Marufova, arxiv muassasalari rahbarlari va xodimlari ishtirok etdilar.

Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar Adliya vazirligi huzuridagi "O‘zarxiv" agentligi tomonidan 15-may – Xalqaro oila kuni munosabati bilan O?zbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivi hamda hududlardagi davlat arxivlarida saqlanayotgan, oila qadriyatlari aks etttirilgan noyob foto arxiv hujjatlari ijtimoiy tarmoqlarda targ?ib qilinganligi va bu keng jamoatchilik tomonidan ijobiy fikrlar bildirilganligini ta’kidladilar.

Tadbir davomida Adliya vazirligi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi “Gender tenglikni ta?minlashda eng faol respublika darajasidagi davlat organ" nominatsiyasi g‘olibi deb topilganligi e’lon qilindi hamda maxsus diplom va esdalik sovg‘asi bilan taqdirlandi. 

Ma’lumot uchun: "O‘zarxiv" agentligi tizimda jami 1312 nafar ayollar faoliyat yuritadi, 227 nafar rahbar xodimlarning 49 foizi xotin-qizlar. Bundan tashqari, jami 78 nafar ayollar boshqa yuqori lavozimlarga tayinlangan. Ilmiy salohiyat 12 foiz, 249 nafar faxriy ayollar, oliy ta’limga tavsiya etilgan xotin-qizlar 87 nafar, "Soha iftixori" ko‘krak nishoni olgan ayollar - 23 nafar, 8 nafar xodim Davlat mukofotlari bilan, 200 nafari boshqa davlat boshqaruvi organlarining ko‘krak yoki esdalik nishonlari bilan taqdirlangan, 170 nafar ayol xodim Agentlik tomonidan, 570 nafari tegishli boshqarmalar rahbari tomonidan rag‘batlantirilgan. Agentligimiz tizimida xotin-qizlarning ulushi 54 foizdan ko‘p, ya’ni jami xodimlarning ko‘p qismini xotin-qizlar tashkil etadi.

“Gender tenglik faoli” milliy tanlovida yil yakunlari bo‘yicha gender tenglikni ta’minlash sohasida yuqori natijalarga erishgan, ushbu yo‘nalishda jamiyat rivoji yo‘lida tashabbus ko‘rsatayotgan, xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish, o‘z sohasiga tegishli yo‘nalishlarda dolzarb vazifalarni amalga oshirayotgan vazirlik va idoralar, nodavlat notijorat tashkilotlari, hokimliklar, tadbirkorlik subyektlari hamda ommaviy axborot vositalari qatnashdi.


Manba : "O‘zarxiv" agentligi Axborot xizmati