«O‘zarxiv» agentligi hamda O‘zbekiston Milliy Universiteti Tarix fakulteti bilan hamkorlikda “O‘zbekistonda tarixiy manbashunoslikning dolzarb masalalari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi.

Ushbu anjumanda «O‘zarxiv» agentligi direktor o‘rinbosari Sh.Sadikov maʼruza bilan ishtirok etdi. Shuningdek, O‘zbekiston Milliy Universiteti , O‘zRFA Tarix instituti, O‘zbekiston Xalqaro Islom akademiyasi, shuningdek, Rossiya, Turkiya va Qozog‘istonning nufuzli universitetlari va ilmiy tadqiqot markazlarining tadqiqotchilari o‘z maʼruzalari bilan ishtirok etishdi.
Konferensiya doirasida tarixiy arxiv hujjatlari ko‘rgazmasi tashkil etilib, ko‘rgazmadan O‘zbekiston Milliy arxivi hamda O‘zbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivlaridagi fotohujjatlar, matnli hujjatlar o‘rin oldi.