“O‘zarxiv” agentligi hamda Tatariston Respublikasi Arxiv ishi bo‘yicha Davlat qo‘mitasi o‘rtasida hamkorlikni kengaytirish va qo‘shma tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi imzolandi.
Bugun, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi hamda Tatariston Respublikasi Arxiv ishi bo‘yicha Davlat qo‘mitasi (Rossiya Federatsiyasi) o‘rtasida hamkorlikni kengaytirish va qo‘shma tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi (2025-2027-yillar uchun) imzolandi.
2025-yil 21-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi hamrohligida Tatariston Respublikasi Arxiv ishi bo‘yicha Davlat qo‘mitasi (Rossiya Federatsiyasi) delegatsiyasining Samarqand viloyat davlat arxiviga tashrifi amalga oshirildi. Tashrif davomida ikki tomon o’rtasida kelgusidagi hamkorlik masalalari muhokama etildi. Muzokaralar mobaynida “O‘zarxiv” agentligi hamda Tatariston Respublikasi Arxiv ishi bo‘yicha Davlat qo‘mitasi rahbarlarining sohaga doir mavzuli taqdimotlari o’tkazildi. Xususan Tatariston Respublikasi Arxiv ishi bo‘yicha Davlat qo‘mitasi raisi G.Z.Gabdrahmanova tomonidan Tatariston arxiv ishining asosiy yo’nalishlari hamda raqamli transformatsiyasi bo’yicha taqdimotlari namoyish etildi. Uchrashuvdan so’ng Samarqand viloyat davlat arxivi bo’ylab ekskursiya tashkil etilib, u yerdagi shart-sharoitlar, jumladan amaldagi axborot tizimlari, raqamlashtirish usullari to’g’risida ma’lumotlar yuzasidan batafsil axborot berildi.