“O‘zarxiv” agentligi hamrohligida Tatariston Respublikasi Arxiv ishi bo‘yicha Davlat qo‘mitasi delegatsiyasi Samarqand viloyat hamda tuman davlat arxivlarida bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi hamrohligida Tatariston Respublikasi Arxiv ishi bo‘yicha Davlat qo‘mitasi delegatsiyasi Samarqand viloyat hamda tuman davlat arxivlarida bo‘ldi.

Tashrif davomida xorijiy mehmonlar uchun Samarqand tuman davlat arxivi bo‘ylab ekskursiya tashkil etilib, u yerdagi shart-sharoitlar, xususan raqamlashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, arxiv saqlovxonasida yaratilgan sharoitlar, ish kabinetlari, o’quv zali to‘g‘risida ma'lumotlar yuzasidan batafsil axborot berildi.


Manba : “O‘zarxiv” agentligi Axborot xizmati