“O'zarxiv” agentligi huzuridagi arxiv ishi masalalari bo'yicha Jamoatchilik kengashi yig'ilishi o'tkazildi
2014 yil 24 dekabrda O'zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivi binosida “O'zarxiv” agentligi huzuridagi arxiv ishi masalalari bo'yicha Jamoatchilik kengashi yig'ilishi o'tkazildi.
Mazkur yig'ilishda:
elektron hujjatlarni saqlashning dolzarb muammolari va elektron hujjatlarni saqlash markazini tashkil etish to'g'risida;
arxiv ma'lumotlarni berish bo'yicha integratsiyalashgan tizim to'g'risida; konfedentsial ma'lumotlarni taqdim etishdagi dolzarb masalalar to'g'risida;
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida arxiv xizmatlarini ko'rsatish to'g'risida;
O'zbekiston Respublikasining 05.12.2014 yildagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida”gi Qonuniga muvofiq arxiv xizmatlarini ko'rsatish to'g'risidagi masalalar muhokama etildi.
Yig'ilishda “O'zarxiv” agentligining arxiv ishi masalalari bo'yicha Jamoatchilik kengashi a'zolari, jumladan Agentlik rahbariyati va markaziy apparat xodimlari, tizimdagi markaziy davlat arxivlari direktorlari, viloyat va Toshkent shahar arxiv ishi hududiy boshqarmalari boshliqlari hamda O'zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarini doimiy saqlash huquqi berilgan vazirliklar, idoralar vakillari ishtirok etdilar.