“Oʻzarxiv” agentligi huzuridagi Arxiv ishi va ish yuritish boʻyicha malaka oshirish ilmiy-metodik markazi faoliyati va kelgusidagi vazifalar" mavzusida matbuot anjumani

Mavzu: “Oʻzarxiv” agentligi huzuridagi Arxiv ishi va ish yuritish boʻyicha malaka oshirish ilmiy-metodik markazi faoliyati va kelgusidagi vazifalar" mavzusida matbuot anjumani

Oʻtkazish vaqti: 2022-yil 29-iyun soat 15:00da

Oʻtkazilish joyi: Oʻzbekiston Milliy matbuot markazi binosi. Toshkent shahri, Navoiy xiyoboni koʻchasi, 16- uy.

Tadbir tashkilotchisi: Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi.

Oʻzbekiston Milliy matbuot markazida Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi tomonidan “ Oʻzarxiv” agentligi huzuridagi Arxiv ishi va ish yuritish boʻyicha malaka oshirish ilmiy-metodik markazi faoliyati va kelgusidagi vazifalar” axborot tizimining ishga tushirilishi" mavzusida matbuot anjumani oʻtkazildi.

Jumladan Matbuot anjumanida quyidagilar xaqida axborot berildi:

Oʻzbekiston Respublikasida arxiv ishi va ish yuritishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 20-sentyabrdagi PF-5834 Farmonida Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi huzurida muassasa shaklida Arxiv ishi va ish yuritish boʻyicha malaka oshirish ilmiy-metodik markazi tuzilishi koʻrsatilgan boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi  Prezidentining 2019-yil 20-syentyabrdagi PQ-4463 qarorida Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari,  Mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda boshqa tashkilot va muassasalarning arxivchi va ish yurituvchi kadrlarini uch yilda kamida bir marta malakasini oshirishi lozimligi belgilangan.

Hozirgi kungacha Markazda jami 2118 ta tinglovchi malaka oshirdi.

“Tashkilotlarda arxiv ishi va elektron arxivlarni tashkil etish asoslari” 38%

“Tashkilotlarda ish  yuritish, elektron hujjat aylanishi va ijro nazoratini tashkil etish” 32%

“Arxivlarda hujjatlarni tartibga keltirish” 18%

“Kadrlar boʻlimida hujjatlarni yuritish tartibi” 12% tinglovchilar oʻqib taxsil oldilar.

2019 yil 310 ta,  2020yil 327 ta, 2021-yil 975ta, 2022-yil 506 ta tinglovchini tashkil etmoqda.

Oʻquv kurslarda vazirlik, idoralar, xoʻjalik birlashmalari va ularning tasarrufidagi tashkilotlarning devonxona, idoraviy arxiv faoliyati, ijro intizomi, kadrlar ishiga masʻul xodimlari, ish yurituvchi, kotib xodimlar malakasini oshirishga moʻljallangan.

Markaz tomonidan tashkil etiladigan oʻquv kurslarini oʻtkazish uchun yetuk mutaxassislar, professor-oʻqituvchilar jalb qilinadi. Oʻqishlar Anʼanaviy yoki masofaviy koʻrinishda boʻlib oʻtadi.

Markazda oʻqish uchun barcha sharoitlar yaratilgan hamda  zamonaviy kompyuter texnika bilan toʻliq jihozlangan.

Markazning rejasiga binoan har yili 1000 dan ortiq mutaxassislar malaka oshiradi. Shuningdek, oʻquv kurslarini samarasini oshirish maqsadida yangi oʻquv kurslar joriy etilishi rejalashtirilgan.

        Oʻquv kurs yoʻnalishlari:

 1.“Tashkilotlarda arxiv ishi va elektron arxivlarni tashkil etish asoslari”

2. “Arxivlarda hujjatlarni tartibga keltirish”

3. “Tashkilotlarda ish  yuritish, elektron hujjat aylanishi va ijro nazoratini tashkil etish”

4. “Kadrlar boʻlimida hujjatlarni yuritish tartibi” yoʻnalishlarida kurslar tashkil etilgan.

Yangi yoʻnalishlar toʻgʻrisida qisqacha maʼlumot

  1. Arxiv ishi va ish yuritish sohasida raxbar kadrlarning malakasini oshirish;
  2. Zamonaviy ish yuritish . AKT. Axborot xavfsizligi;
  3. Raxbar yordamchilarini tayyorlash.

Xar bir yoʻnalish:  Umumiy 40 akademik soatlik oʻquv kursida  32 akademik soatlik nazariy va 8 akademik soatlik amaliy mashgulotlardan tashkil topgan.

Tadbirda “Oʻzarxiv” agentligi rahbariyati,  ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Tadbirni yoritishda yaqindan yordam bergan ommaviy axborot vositalari vakillariga “Oʻzarxiv” agentligi tomonidan minnatdorlik bildiriladi.

          

“Oʻzarxiv” agentligi Axborot xizmati

tel.: +99855-503-01-50 (3),+998971497027   , www. archive.uz


Manba : "O‘zarxiv" agentligi Axborot xizmati