“O'zarxiv” agentligi huzuridagi Ilmiy kengash yig'ilishi o'tkazildi
2014 yil 25 dekabrda O'zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivi binosida “O'zarxiv” agentligi huzuridagi Ilmiy kengash yig'ilishi o'tkazildi.
Mazkur yig'ilishda:
arxiv hujjatlarini alohida qimmatli hujjatlar va noyob hujjatlar sirasiga kiritish tartibi to'g'risidagi Nizom haqida;
tarix fanlari nomzodi I.A.Alimovning “Arxivshunoslik” o'quv qo'llanmasi to'g'risida;
O'zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivi haqidagi “Zerkalo istorii” kitobi to'g'risida;
O'zbekiston Respublikasi markaziy davlat arxivlarida ilmiy-tadqiqot ishlarining borishi to'g'risida; “Voennoplenne Pervoy mirovoy voyn v Turkestanskom krae. Ukreplenie xristianstva i evropeyskoy kultur v period 1914-1920 gg.” O'zbekiston Respublikasi arxiv hujjatlari va ma'lumotlari to'plami” to'g'risidagi masalalar muhokama etildi.
Muhokama etilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.



O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati
O'zbekiston Respublikasi Xukumat portali
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi