"O‘ZARXIV" AGENTLIGI MATBUOT ANJUMANI O‘TKAZILDI
PRESS-RELIZ
Mavzu: “2021-yil uchinchi choragi davomida “Oʻzarxiv” agentligi tizimida amalga oshirilgan ishlar” mavzusida matbuot anjumani
Oʻtkazish vaqti: 2021-yil 30-sentyabr, soat 11:00da
Oʻtkazilish joyi: Oʻzbekiston Milliy matbuot markazi binosi. Toshkent shahri, Navoiy xiyoboni koʻchasi, 16- uy.
Tadbir tashkilotchisi: Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi.
2021-yil 9 oyi davomida Vazirlar Mahkamasining sohaga oid 3 ta qarori qabul qilindi. Xususan, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasida arxiv ishi va ish yuritish sohasi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 68-son qarori;
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-avgustdagi “Davlat organlari
va tashkilotlarining arxiv ishi va ish yuritish sohasidagi ekspert komissiyalari toʻgʻrisidagi namunaviy nizomlarni tasdiqlash haqida” 538-son qarori;
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-sentyabrdagi “Arxiv ishi va ish yuritish sohasida davlat xizmatlari koʻrsatishning ayrim maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”
597-son qarori qabul qilindi. Mazkur qaror qabul qilinishi bilan davlat arxivlari tomonidan koʻrsatilayotgan davlat xizmatlari 100 foiz onlayn koʻrinishga oʻtkazildi.
“Davlat arxivlari oʻquv zallarida arxiv hujjatlaridan foydalanish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaror loyihasi ishlab chiqildi hamda idoralararo kelishuv jarayonida.Mazkur hujjat loyihasiga koʻra Davlat arxivlari oʻquv zallarida arxiv hujjatlaridan foydalanish xizmatini Davlat xizmatlari markazlari va YAIDXP orqali koʻrsatilishi rejalashtirilmoqda.
5 ta idoraviy normativ-huquqiy hujjat qabul qilindi, jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi direktorining 2021-yil 21-maydagi 185-son (roʻyxat raqami 2806-1, 2021-yil 31-may), 2021-yil 21-maydagi 186-son (roʻyxat raqami 2807-1, 2021-yil 5-iyun), 2021-yil 21-iyundagi 232-son (roʻyxat raqami 2615-1, 2021-yil 26-iyun), 2021-yil 6-sentyabrdagi 316-son (roʻyxat raqami 897-3, 2021-yil 11-sentyabr), 2021-yil 6-sentyabrdagi 317-son (roʻyxat raqami 898-3, 2021-yil 11-sentyabr) buyruqlari qabul qilinib, Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.
Oʻzbekiston Respublikasida arxiv ishini rivojlantirishning 2021-yil 9 oyligiga moʻljallangan rejasi 21 ta koʻrsatkichlar boʻyicha bajarilib, shundan 17 ta koʻrsatkich boʻyicha oshirib bajarildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarining elektron shaklini yaratish ishlari jadallashtirilishiga erishildi va hisobot davrida davlat arxivlarida 91 347 saqlov birligida qogʻoz asosidagi (2020-yil 9 oyligida 19 068 saqlov birligida, oʻsish surʼati 222 %), 10 108 445 kadr (2020-yil 9 oyligida 5 032 851 kadr, oʻsish surʼati 171%), 243 hisob birligida kino (2020-yil 9 oyligida 187 hisob birligida, oʻsish surʼati 130%), 18 430 hisob birligida surat (2020-yil 9 oyligida 17 798 hisob birligida, oʻsish surʼati 103%), 237 hisob birligida ovozli (2020-yil 9 oyligida 232 hisob birligida, oʻsish surʼati 102%) hujjatlarning elektron nusxalari yaratildi.
Mazkur elektron nusxalarni saqlash uchun “Oʻzarxiv” agentligi tomonidan “Axborot texnologiyalari va axborot resurslarini rivojlantirish markazi” DUK bilan hamkorlikda “Davlat arxivlarida raqamlashtirilayotgan hujjatlarni yagona saqlovini taʼminlash hamda ulardan foydalanish” axborot tizimi ishlab chiqildi.Hozirgi vaqtda mazkur axborot tizimi Oʻzbekiston Milliy arxivi va Oʻzbekiston Ilmiy-texnika va tibbiyot hujjatlari milliy arxivida sinov tajribasidan oʻtkazilmoqda.
Tashkilot va korxonalarning hujjatlarini shartnoma asosida tartibga keltirishda davlat arxivlari tomonidan 169 669 saqlov birligida boshqaruv (2020-yil 9 oyligida 150 026 saqlov birligida, oʻsish surʼati 113%), 1 125 saqlov birligida ilmiy-texnik (2020-yil 9 oyligida 1 962 saqlov birligida), 57 552 saqlov birligida shaxsiy tarkib (2020-yil 9 oyligida 45 031 saqlov birligida, oʻsish surʼati 128%), 45 967 saqlov birligida saqlash muddati vaqtincha boʻlgan (2020-yil 9 oyligida 10 336 s.b., oʻsish surʼati 445%) hujjatlar tartibga keltirildi.
Oʻzbekiston Milliy arxiviga "Saodat" jurnalining 1953-yildan boshlab nashr etilgan barcha sonlari taqdim etildi. Yurtimizning oddiy fuqarosi Davronova Alfiya Nasrullayevna tomonidan oʻzining oilaviy arxivida saqlangan eski oʻzbek yozuvida nashr etilgan “Yangi Fargʻona” nomli gazetalar toʻplamini ixtiyoriy ravishda davlat saqloviga topshirish ishlari amalga oshirildi. Mazkur gazetalar toʻplami 1928-yillarga oid boʻlib, unda Oʻzbekistonning XIX asr boshlaridagi siyosiy-iqtisodiy va ijtimoiy-madaniy hayotidagi muhim voqealar oʻz aksini topgan.
“Oʻzarxiv” agentligi va hududiy boshqarmalar tomonidan tashkilotlar hamda korxonalarda arxiv ishi va ish yuritish holati ustidan davlat nazoratini amalga oshirish boʻyicha 120 ta oʻrganish oʻtkazilib, Agentlik va uning hududiy boshqarmalari tomonidan koʻrib chiqilishi majburiy boʻlgan 40 ta taqdimnomalar kiritildi. Shu bilan birga, vazirlik va idoralar hamda ularning hududiy boʻlimalarida 815 ta yalpi, 519 ta mavzuli oʻrganishlar oʻtkazildi.
Arxivlar tomonidan tashkilot va korxonalar uchun 1720 ta sohaga oid ichki normativ hujjatlar ishlab chiqildi, shundan, 744 ta yigʻmajildlar nomenklaturasi, 232 ta ish yuritish yoʻriqnomasi, 371 ta MEK va EK nizomlari, 373 ta idoraviy arxiv nizomlari ishlab chiqildi.
2021-yilning 9 oyligi davomida Agentlik huzuridagi Arxiv ishi va ish yuritish boʻyicha malaka oshirish ilmiy-metodik markazida jami 786 nafar tinglovchi malaka oshirib, shundan 337 nafari tizimdagi arxivlardan, 449 nafari esa idora va tashkilotlardan tinglovchilar oʻqitildi.
Oʻzarxiv” agentligi rahbariyati tomonidan 2021-yil 9 oyligi davomida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlardagi shahar hamda tumanlarda jismoniy va yuridik shaxslarni sayyor qabuli jadvaliga asosan 23 ta sayyor va shaxsiy qabullar oʻtkazilib, 115 nafar fuqarolar murojaatlari koʻrib chiqildi.
Agentlikka joriy yilning 9 oyligi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan jami 673 ta, jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi orqali 567 ta, ishonch telefoni orqali 8 ta, yozma tarzda 98 ta murojaatlar kelib tushdi.
Respublika davlat arxivlariga jami jismoniy va yuridik shaxslardan 13 666 ta (2020-yil 9 oyligida 1495 ta) murojaatlar kelib tushdi hamda oʻrnatilgan tartibda koʻrib chiqildi, shu bilan birga rejadan tashqari bir qator arxiv ishlari ijrosi taʼminlandi.
2021-yilning 9 oyligi davomida Respublika arxivlariga 540 259 ta ijtimoiy-huquqiy mazmundagi (2020-yil 9 oyligida 299 436 ta, oʻsish surʼati 178%) soʻrovlar (shundan davlat arxivlariga 302 458 ta, shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivlariga 237 801 ta) kelib tushgan. Davlat xizmatlari markazlari (DXM) va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YAIDXP) orqali 382 388 ta, Pochta va elektron pochta orqali 24 114 ta ijtimoiy-huquqiy mazmundagi soʻrovlar kelib tushgan boʻlsa, 123 309 nafar fuqaro bevosita arxivga murojaat etgan. Arxiv hujjatlari asosida 389 295 ta soʻrovlar ijrosi bajarilib, ulardan 364 199 tasi ijobiy, 25 096 tasi hal etilgan va tushuntirish berilgan. Tashkilot hujjatlari arxiv saqloviga kelib tushmagan va taaluqligi boʻyicha tegishli tashkilotlarga yuborilgan soʻrovlar soni 145 406 tani tashkil etadi.
Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi va Yahudiy xalqi tarixi markaziy arxivi (Quddus) oʻrtasida arxiv ishi sohasida hamkorlik toʻgʻrisida Memorandum imzolandi.
Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan “Yangi Oʻzbekiston arxivlari” hujjatlari filmi tasvirga olindi va taqdim etildi. “Oʻzarxiv” agentligi tomonidan “Oʻzbekiston arxivlari” axborot kitob-albomi chop etildi va “Mustaqillik 30” veb-sayti ishga tushirildi.
Tadbirda “Oʻzarxiv” agentligi rahbariyati, Oʻzbekiston milliy arxivlari rahbarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.
Tadbirni yoritishda yaqindan yordam bergan ommaviy axborot vositalari vakillariga “Oʻzarxiv” agentligi tomonidan minnatdorlik bildiriladi.
“Oʻzarxiv” agentligi Axborot xizmati
tel.: (+99855) 502-01-50 (3) faks:71- 277-13-35, www. archive.uz