"O‘zarxiv" agentligi Navoiy viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi tizimida 2020 yil davomida arxiv ishini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hamda 2021 yilgi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.

Matbuot anjumanida Navoiy viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshligʼi Sayyora Bekovaning 2020 yil davomida arxiv ishini rivojlantirish boʼyicha amalga oshirilgan ishlar hamda 2021 yilgi ustuvor vazifalar yuzasidan axboroti tinglandi.
Xususan, viloyatda Oʼzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondining alohida qimmatli hujjatlarining elektron shaklini yaratish ishlari jadallashtirilishiga erishildi 9220 saqlov birligida hujjatlarning  57224 kadr elektron nusxalari yaratildi. 4315 (105%) varaq taʼmirlandi (2019 yilda -4100 v.);  7709  s.b. (103%) tikildi va muqovalandi (2019 yilda -7501 s.b.); 11040 saqlov birligidagi hujjatlar kartonlashtirildi (2019 yilda -10820 s.b. 102%); 6097 (112%) s.b. boshqaruv, 3332 (228%) s.b. shaxsiy tarkib  hujjatlari  davlat saqloviga qabul qilindi; (2019 yilda -5430 s.b boshqaruv, 1459 s.b. shaxsiy tarkib.); 7028 (121%) s.b. boshqaruv, 5923 (3316%) shaxsiy tarkib hujjatlari roʼyxatlari ETKda tasdiqlandi (2019 yilda -5813 s.b. bosh. 1873 s.b. sh.t.); muassasa, tashkilot va korxonalarning  7028 (105%) saqlov birligida boshqaruv, 3472 (104%) saqlov birligida  shaxsiy tarkib hujjatlari shartnoma asosida tartibga solindi (2019 yilda -6720 s.b. bosh., 3326 s.b. sh.t). Аrxiv muassasalari saqlovidagi 177653 s.b. boshqaruv, 77887 s.b. shaxsiy tarkib,  1219 s.b. shaxsiy kelib chiqish hujjatlari mavjudlik holati tekshirildi.
Аrxivlar tomonidan tashkilot va korxonalar uchun sohaga oid ichki normativ hujjatlarni tayyorlash boʼyicha jami 161 ta idoraviy hujjatlar ishlab chiqildi. 
2020 yil davomida 28 ta tashkilot va korxonalarda nazorat tekshiruvlari oʼtkazilib, arxivlar tomonidan tashkilot va korxonalarga 28 ta taqdimnomalar kiritilgan.
Аrxiv ishini rivojlantirishda Internet tarmogʼidan foydalanishning texnik imkoniyatlarini yanada kengaytirish maqsadida 2020 yil davomida, viloyat davlat arxivlarida hujjatlarning saqlovini taʼminlashga oid zamonaviy texnologiyalarni joriy etish boʼyicha jami 12 ta texnik jihozlar sotib olingan, bu maqsadlarga jami 52.6 mln. soʼm mablagʼ sarf etilgan.
Boshqarmaga joriy yilda jismoniy va yuridik shaxslardan jami 88 ta, jumladan, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi orqali 23 ta, yagona interaktiv xizmatlar portali orqali 63,  elektron tarzda 86 ta, ogʼzaki 2 ta murojaatlar kelib tushgan. 
Joriy yilda viloyat davlat arxivlariga jami 15779 ta (davlat arxivlariga 8441 ta, shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivlariga 7338 ta) ijtimoiy-huquqiy mazmundagi soʼrovlar kelib tushgan, (2019 yilda 10092 ta), shundan 12634 nafar fuqaro bevosita arxivga murojaat etgan. Аrxiv hujjatlari asosida 13256 ta soʼrovlar ijrosi bajarilgan.
Boshqarma va uning tizimidagi arxiv muassasalarining 20 nafar xodimlarining malakasi oshirilgan.
Matbuot anjumanida jurnalistlarning va fuqarolardan kelib tushgan savollariga javob berildi.
Tadbirda Navoiy viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi, viloyat, shahar va tuman arxiv muassasalari rahbarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalistlar ishtirok etdi.


Manba : "Ўзархив" агентлиги Ахборот хизмати