“O'zarxiv” agentligi rahbariyati tomonidan arxiv masalalari yuzasidan jismoniy shaxslar (fuqarolar) va yuridik shaxslar vakillari sayyor qabuli o'tkazildi.
2015 yil 20 fevral kuni “O'zarxiv” agentligi Bosh direktori tomonidan arxiv masalalari yuzasidan Navoiy viloyati Karmana tumani davlat arxivi va viloyat davlat arxivida jismoniy shaxslar (fuqarolar) va yuridik shaxslar vakillari uchun sayyor qabul o'tkazildi.
Sayyor qabulda viloyatning shahar va tumanlaridan 30 dan ortiq jismoniy va yuridik shaxslar vakillari o'zlarining arxiv masalalari bo'yicha muammoli va qiziqtirgan savollariga javob va tegishli tavsiyalar oldilar.