"O‘zarxiv" agentligi rahbariyati va O‘zbekiston Milliy arxivi xodimlari tomonidan faxriylar holidan xabar olindi

Bugun 2021 yil 8 may kuni Xotira va Qadrlash kuni munosabati bilan “O‘zarxiv”agentligi direktori Ulug‘bek Yusupov ko‘p yillar o‘zining samarali mehnati, fidokorona xizmatlari bilan soha rivojiga xissa qo‘shgan, uzoq yillar Agentlik direktori o‘rinbosari bo‘lib, hozirgi kunda keksalik nafaqasida umrguzaronlik qilayotgan Valentina Ivanovna Kuzmenkoni xonadoniga tashrif buyurdi. 
Agentlikning tegishli buyrug‘iga asosan Kuzmenko Valentina Ivanovna soha rivojiga qo‘shgan ulkan xissasini xisobga olib, “Soha iftixori” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. 
"O‘zarxiv" agentligi direktori Ulug‘bek Yusupov ko‘krak nishonini samimy tilaklar bilan topshirdi.
Shuningdek bayram munosabati bilan Agentlikning sovg‘alari topshirildi.
Faxriylarni xolidan xabar olish kabi ezgu ishlarimiz davom etadi...


Manba : "O‘zarxiv" agentligi Axborot xizmati