“O'zarxiv” agentligi tizimidagi arxiv muassasalarida 2014 yilning 9 oylikda ijtimoiy-iqtisodiy faoliyat yakunlariga bag'ishlangan kengaytirilgan Hay'at yig'ilishi bo'lib o'tdi
Joriy yil 29 oktyabr “O'zarxiv” agentligi tizimidagi arxiv muassasalarida 2014 yilning 9 oylikda ijtimoiy-iqtisodiy faoliyat yakunlariga bag'ishlangan kengaytirilgan Hay'at yig'ilishi bo'lib o'tdi. Yig'ilishda “O'zarxiv” agentligi raxbariyati va xodimlari, respublikaning barcha hududiy arxiv ishi boshqarmalari rahbarlari hamda viloyat davlat arxivlari direktorlari ishtirokida quyidagi masalalar ko'rib chiqildi: “O'zarxiv” agentligi tizimida 2014 yil 9 oyligida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yakunlari va respublika arxiv muassasalarida 2014 yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor vazifalari amalga oshirilishini so'zsiz ta'minlash chora-tadbirlari to'g'risida; Respublika arxiv muassasalariga kelib tushayotgan so'rovlar bajarilishi hamda ijro intizomining holati to'g'risida; 2014-2015 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarining borishi to'g'risida. Kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.