“O‘zarxiv” agentligi tizimidagi arxiv muassasalarida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar ishtirokida “ARXIV MALIKALARI-2025” Respublika ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi.
“O‘zarxiv” agentligi tizimidagi arxiv muassasalarida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar ishtirokida «OLMOS» sog‘lomlashtirish oromgohida “ARXIV MALIKALARI-2025” Respublika ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi. Ko‘rik-tanlov yakunlariga ko‘ra g‘olib deb topildi:
1-o‘rin O‘zbekiston Milliy arxivi — Fazlutdinova Nilufar Raximovna
2-o‘rin Buxoro viloyati — Ahmedova Roziya Tohir qizi
3-o‘rin Samarqand viloyati — Qosimova Fariza Utkirovna
Shuningdek, boshqa ishtirokchilar ham turli nominatsiyalar bo‘yicha g‘olib deb topilib, “O‘zarxiv” agentligi tomonidan “Tashakkurnoma” hamda qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Tadbirga tashrif buyurgan hamda tizimdagi arxiv muasasalarida rahbarlik lavozimida faoliyat olib borayotgan ayol xodimalarga, faxriylarga ham bayram munosabati bilan esdalik sovg‘alari topshirildi.