«O‘zarxiv» agentligi tizimidagi arxiv muassasalarida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar ishtirokida “ARXIV MALIKALARI” Respublika ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi.





















Joriy yilning 8-9-10 mart kunlari “8 mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami munosabati bilan «O‘zarxiv» agentligi tizimidagi arxiv muassasalarida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar ishtirokida “ARXIV MALIKALARI” Respublika ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Respublikaning barcha hududlarida arxiv muassasalarida faoliyat olib borayotgan rahbar va arxivchi ayol-qizlar Toshkent viloyatida joylashgan “OLMOS” dam olish maskaniga jamlandi.

“Arxiv malikalari” respublika ko‘rik-tanlovi 4 ta asosiy shart bo‘yicha o‘tkazilib, unda arxivchi xodimalar sohaga innovatsion loyihalarni joriy etish jarayonlari bilan o‘zlarini tanishtirish, har qanday sharoitga kreativ yondashish, stress holatidan tez va ijobiy chiqib ketish, arxiv ishi va axborot texnologiyalariga oid huquqiy savollarga javob berish hamda ijodiy qobiliyatlarini namoyish etish imkoniyatlariga ega bo‘ldilar.Ko‘rik-tanlov yakunlariga ko‘ra:

1-o‘rin Andijon viloyati — Rasulova Odina Murodillo qizi

1-o‘rin O‘zbekiston Milliy arxivi — Nusratova Shaxrizoda Sanatilla qizi

2-o‘rin Namangan viloyati — Usmonova Sevara Xabibulla qizi

3-o‘rin Toshkent viloyati — Xabibullayeva Laziza Muxtar qizi

Shuningdek, boshqa ishtirokchilar ham turli nominatsiyalar bo‘yicha g‘olib deb topilib, «O‘zarxiv» agentligi tomonidan “Tashakkurnoma”, diplom hamda qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Tadbirga tashrif buyurgan hamda tizimdagi arxiv muassasalarida rahbarlik lavozimida faoliyat olib borayotgan ayol xodimalarga ham bayram munosabati bilan esdalik sovg‘alari topshirildi.









 


Manba : "O‘zarxiv" agentligi Axborot xizmati