“O‘zarxiv” agentligi tizimidagi arxiv muassasalarida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar ishtirokida “Biz korrupsiyaga qarshimiz” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.
“O‘zarxiv” agentligi tizimidagi arxiv muassasalarida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar ishtirokida “Biz korrupsiyaga qarshimiz” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.
Tadbirda ishtirokchilarga korrupsiyaning salbiy oqibatlari, uning oldini olish usullari hamda har bir fuqaroning shaxsiy javobgarligi haqida atroflicha tushunchalar berildi. Seminar interaktiv tarzda o‘tkazilib, unda korrupsiya turlari, global va mahalliy statistika, manfaatlar to‘qnashuvi va suiiste’mol kabi tushunchalar muhokama qilindi. Rol o‘yinlari va “Qaror qabul qil” nomli o‘yin orqali ishtirokchilar real hayotdagi korrupsion holatlarga qanday yondashish lozimligini amaliy tarzda sinab ko‘rishdi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar korrupsiyaga qarshi kurashda har bir insonning roli muhimligini ta’kidlab, bu borada faol bo‘lishga chaqirildilar. Seminar korrupsiyaning ildiziga qarshi kurashishda bilim va ongni oshirishga xizmat qildi.