"O'zarxiv" agentligi tizimidagi arxivlarda ayollar hamisha e'zozda

“Oʼzarxiv” agentligi tizimidagi arxiv muassasalari xodimalarining huquqiy va shaxsiy madaniyatini yuksaltirish, huquqiy ongini hamda sohaga oid bilimlarini oshirish, shuningdek bahor bayramlarini munosib nishonlash hamda Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 7 martdagi “Xotin-qizlarning mehnat huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirish va tadbirkorlik faoliyatini qoʼllab-quvvatlashga oid chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi PQ-4235-son qarori va ““Oʼzarxiv” agentligining 2021 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan yoshlar dasturi” 23-bandi ijrosini taʼminlash maqsadida joriy yil 5 mart kuni “Oʼzarxiv” agentligi tizimidagi viloyatlar va Toshkent shahar arxiv ishi hududiy boshqarmalari hamda Oʼzbekiston milliy arxivlari yosh xodimalari oʼrtasida “Balli qizlar” bellashuvi oʼtkazildi.

Аyolni eʼzozlash, unga ehtirom koʼrsatish oʼzbek xalqiga xos olijanob xususiyatlardan biridir. Shu maʼnoda Oʼzbekistonda xotin-qizlarning jamiyatdagi oʼrni va mavqeini mustahkamlash borasida davlat ahamiyatiga molik tarixiy ishlar amalga oshirilmoqda. Zero, jamiyatda siyosiy, ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligi va taraqqiyoti ayollarga, yoshlarga, oilaga boʼlgan munosabat va eʼtibor bilan bogʼliq.
Mamlakatimiz Prezidenti ayollarning jamiyatdagi oʼrni va roliga yuqori baho berib, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, xotin-qizlarimizning bilimdon, zamonaviy mutaxassis, malakali kasb egalari boʼlishlari davlatimiz vajamiyatimizning doimiy eʼtiboridagi eng ustuvor vazifa ekanligiga alohida eʼtibor qaratmoqda.

“Oʼzarxiv” agentligi tizimida ham xotin-qizlarni, yoshlar qoʼllab quvvatlash borasida tizimli ishlar olib borilmoqda. Bugungi kunda tizimda mehnat qilayotgan xodimlarning qariyib 70 foizini ayollar tashkil etadi. Ushbu ayollarni ijtimoiy muhofaza qilish, har tomonlama qoʼllab-quvvatlash boʼyicha dasturlar ishlab chiqilgan.

Tadbirda ishtirokchilarga “Oʼzarxiv” agentligi direktorining videomurojaat shaklidagi tabrigi taqdim etildi.

“Balli qizlar” koʼrik-tanlovida 16 nafar ishtirokchilar 5 ta shart boʼyicha bellashdilar. 1-shart. Аrxiv sohasini rivojlantirish boʼyicha innovaitson gʼoya yoki arxiv sohasini rivojlantirish boʼyicha takliflar taqdimoti oʼtkazildi. 2-shart. Bu shartda qizlar oʼz mahoratlaridan kelib chiqib, ekibana (guldastalar) va karvin (turli meva va sabzavotlardan shakllar) yasadilar, rasm chizdilar, shirinliklar va turli salatlarni tayyorladilar; 3-shart. Аrxiv ishi, АKT, korruptsiya boʼyicha savol-javoblarga javob berildi. 4-shart. Sahna koʼrinishida  Oʼzbekiston Respublikasining 2019 yil 2 sentyabrda qabul qilingan “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari” va “Xotin-qizlarni tazyiq va zoʼravonlikdan himoya qilish toʼgʼrisida” gi qonun hujjatlari asosida xotin-qizlarning huquqiy madaniyatini shakllantirishga, ularga nisbatan tazyiq va zoʼravonlik holatlariga olib keladigan sabablar hamda ularni bartaraf etish choralarini aks ettiruvchi  sahna koʼrinishlarini namoyish etdilar.

 Gʼoliblar 1,2,3- darajali diplomlar, Аgenlikning “Faxriy yorliq”lari va qimmatbaho esdalik sovgʼalari bilan taqdirlandilar.


Manba : "Ўзархив" агентлиги Ахборот хизмати