"O‘ZARXIV" AGЕNTLIGI TIZIMIDAGI BUXORO VILOYATI ARXIV ISHI HUDUDIY BOSHQARMASI TOMONIDAN MATBUOT ANJUMANI TASHKIL ETILDI

2021 yil 29 yanvarda Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro viloyat kutubxonasida “Buxoro viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi tizimida 

2020 yil davomida amalga oshirilgan ishlar hamda  2021 yilgi ustuvor vazifalar” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalistlar, viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi mas’ul xodimlari, viloyat, shahar,

 tuman davlat hamda shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivlari rahbarlari ishtirok etdilar.
Matbuot anjumanida Buxoro viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig‘i Samad Aminovning davlat arxivlari tomonidan amalga 

oshirilgan ishlar yuzasidan axboroti tinglandi.

Buxoro viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig‘i tomonidan jurnalistlarning va fuqarolardan kelib tushgan savollariga

javob berildi.


Manba : "Ўзархив" агентлиги Ахборот хизмати