“O‘zarxiv” agentligi tomonidan Arxiv ishi hududiy boshqarmalari boshliqlari hamda viloyat davlat arxivlari direktorlari uchun 2 kunlik seminar-treninglar tashkil etildi.





“O‘zarxiv” agentligi tomonidan Arxiv ishi hududiy boshqarmalari boshliqlari hamda viloyat davlat arxivlari direktorlari uchun 2 kunlik seminar-treninglar tashkil etildi.

Seminar-treninglarda “Arxiv ishi sohasida hujjatlarni raqamlashtirishning dolzarb masalalari”, “Arxiv ishi sohasida hujjatlarni saqlash, foydalanish va ularga ishlov berish”, “Axborot tizimida hujjat almashish va hujjat aylanishining o‘ziga xos usullari”, “Davlat organlari faoliyatida axborot xavfsizligi va axborot siyosatini taʼminlashda zamonaviy axborot texnologiyalaridan unumli foydalanish”, “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish”, “Arxivlarda davlat tilini qo‘llash usullari”, “Xodimlarni madaniy hordiq chiqarishini taʼminlashda davlat organining roli”, “Sport-sog‘lomlashtirish va davlat organi” va boshqa dolzarb mavzular keng yoritildi.


Manba : “O‘zarxiv” agentligi Axborot xizmati