“O'zarxiv” agentligi tomonidan “Arxivlarga kelib tushayotgan so'rovlar ijrosi hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida arxiv xizmatlarini ko'rsatish masalalari” mavzusida matbuot anjumani o'tkazildi...

2015 yil 14 oktyabr kuni O'zbekiston Milliy matbuot markazida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Mamlakatimiz hayotidagi muhim ahamiyatga molik masalalar bo'yicha o'tkaziladigan matbuot anjumanlarining yagona rejasi»ga binoan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O'zarxiv” agentligi tomonidan Arxivlarga kelib tushayotgan so'rovlar ijrosi hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida arxiv xizmatlarini ko'rsatish masalalari” mavzusida matbuot anjumani o'tkazildi.

Tadbirda Yagona davlat reestriga kiritilgan arxivlar tomonidan ko'rsatiladigan davlat xizmatlari, poytaxtimizning Sergeli tumanida arxiv ma'lumotnomalarini berish integratsiyalashgan axborot tizimini pilot tarzda joriy etishga oid loyiha, respublika hamda Toshkent shahar arxiv ishi hududiy boshqarmasi tizimidagi arxiv muassasalariga kelib tushayotgan so'rovlar va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida arxiv xizmatlarini ko'rsatish masalalariga e'tibor qaratildi.

Mazkur tadbirda “O'zarxiv” agentligi, O'zbekiston Respublikasi markaziy davlat arxivlari, Toshkent shahar va Toshkent viloyati Arxiv ishi hududiy boshqarmalari rahbarlari, xodimlari hamda OAV vakillari ishtirok etdilar.