2019 yil 13 iyun kuni O‘zbekiston milliy matbuot markazida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak!” degan g‘oya asosida davlat va jamiyat hayotidagi muhim masalalar bo‘yicha o‘tkaziladigan matbuot anjumanlarining 2019 yil 1 yarim yillik rejasi”ga asosan “O‘zarxiv” agentligi tomonidan “Arxivlar tomonidan arxiv xizmatlarini ko‘rsatishda jismoniy va yuridik shaxslarga yaratilayotgan qulayliklar va mavjud muammolarni bartaraf etish borasida belgilangan chora-tadbirlar” mavzusidagi matbuot anjumani tashkil etildi. Mazkur tadbirda Arxivlar tomonidan arxiv xizmatlarini ko‘rsatishda jismoniy va yuridik shaxslarga yaratilayotgan qulayliklar va mavjud muammolarni bartaraf etish borasida belgilangan chora-tadbirlar muhokama etildi. Tadbirda “O‘zarxiv” agentligi, O‘zbekiston Respublikasi markaziy davlat arxivlari, Toshkent shahar va Toshkent viloyati arxiv ishi boshqarmalari xodimlari hamda ommaviy axborot
vositalari xodimlari ishtirok etdilar. Tadbir oldidan O‘zbekiston milliy matbuot markazida arxivlartomonidan hujjatli ko‘rgazma tashkil etildi.
"Yagona va Ishonch telefoni" xizmatidan qoniqdingizmi?
Notes to administration (optional):