“Ơzarxiv” agentligi tomonidan “Respublika korxona, tashkilot va muassasalar idoraviy arxivlarida hujjatlarning saqlanish holati masalasi” mavzusida matbuot anjumani ơtkazildi...

2015 yil 24 avgust kuni  Ơzbekiston Milliy matbuot markazida Ơzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Mamlakatimiz hayotidagi muhim ahamiyatga molik masalalar bơyicha ơtkaziladigan matbuot anjumanlarining  yagona rejasi»ga binoan Ơzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Ơzarxiv” agentligi tomonidan “Respublika korxona, tashkilot va muassasalari idoraviy arxivlarida hujjatlarning  saqlanish holati masalasi” mavzusida matbuot anjumani ơtkazildi.

Mazkur tadbirda Respublika korxona, tashkilot va muassasalar idoraviy arxivlarida hujjatlarning saqlanishi holatiga doir masalalar kơrib chiqildi. Shu bilan birga, idoraviy arxivlarda saqlash muddati ơtgan  Milliy arxiv fondi tarkibiga kiruvchi hujjatlarni davlat arxivlari saqloviga qabul qilishdagi muammolarga alohida  e'tibor qaratildi.

Mazkur tadbirda “Ơzarxiv” agentligi, Ơzbekiston Respublikasi markaziy davlat arxivlari, Toshkent shahar va Toshkent viloyati Arxiv ishi hududiy boshqarmalari rahbarlari hamda xodimlari ishtirok  etdilar.