«O‘zarxiv» agentligi tomonidan Xorazm viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda Xorazm viloyati Yangibozor tumani “Do‘stlik” MYD da yoshlar uchun kutubxona ochildi.























Adliya vazirligi tashabbusi bilan tashkil etilgan #ziyo_ulash aksiyasi doirasida «O‘zarxiv» agentligi tomonidan Xorazm viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda Xorazm viloyati Yangibozor tumani “Do‘stlik” mahalla fuqarolar yig‘inida yoshlar uchun kutubxona ochildi.

Ushbu kutubxona ochilishi tadbirida «O‘zarxiv» agentligi direktori U.Yusupov, Agentlik masʼullari, arxiv ishi hududiy boshqarmasi xodimlari, davlat arxivlari, mahalla fuqarolari ishtirok etdi.

Yoshlar uchun taqdim etilgan badiiy kitoblar orasida Agentlik masʼullari tomonidan olib borilgan noyob badiiy asarlar yoshlarga manzur bo‘ldi. Ushbu aksiya fevral oyining boshida Adliya vazirligi tashabbusi bilan boshlangan bo‘lsa, bugungi kunga qadar eng chekka hududlarga yetib bormoqda.


Manba : "O‘zarxiv" agentligi Axborot xizmati