“Oʻzarxiv” agentligi, uning tizimidagi Oʻzbekiston milliy arxivlari xodimlari “Ziyo ulash” kitob almashish aksiyasida ishtirok etdilar.


















 

“Oʻzarxiv” agentligi, uning tizimidagi Oʻzbekiston milliy arxivlari xodimlari “Ziyo ulash” kitob almashish aksiyasida ishtirok etdilar.

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tashabbusi bilan oʻtkazilayotgan “Ziyo ulash” kitob almashish aksiyasida “Oʻzarxiv” agentligi, uning tizimidagi Oʻzbekiston milliy arxivlari xodimlari Toshkent shahar Chilonzor tumani Davlat xizmatlari markazida tashkil etilgan aksiyada ishtirok etdilar. 

Arxivchi xodimlar oʻz shaxsiy kutubxonasidagi kitoblardan boshqa fuqarolar ham bahramand boʻlishlari uchun 50 dan ortiq kitoblar topshirdilar.


Manba : “O‘zarxiv” agentligi Axborot xizmati