"O‘zarxiv" agentligi va “Axborot texnologiyalari va axborot resurslarini rivojlantirish markazi” o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
Bugun, 24 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi direktori Ulug‘bek Yusupov hamda “Axborot texnologiyalari va axborot resurslarini rivojlantirish markazi” davlat unitar korxonasi direktori Nozimjon Dalibayev o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuv doirasida ishtirokchilar tomonidan o‘zaro hamkorlik Memorandumi imzolandi.
Mazkur Memorandum doirasida ishtirokchilar o‘rnatilgan tartibga ko‘ra tenglik va o‘zaro manfaatdorlik asosida, tajribalar, izlanishlar, bilimlar va davlat boshqaruvini modernizatsiya qilish jarayonlarini o‘rganishning zamonaviy usullari bilan almashish orqali “O‘zarxiv” agentligi axborot tizimlarini rivojlantirish sohasida o‘zaro quyidagi asosiy yo‘nalishlarda hamkorlikni rivojlantiradilar:
Istiqbolli yo‘nalishlarni aniqlash, “O‘zarxiv” agentligining axborot tizimlari va axborot resurslarini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni ishlab chiqadilar va ularda ishtirok etadilar;
“O‘zarxiv” agentligi axborot tizimlarini rivojlantirish doirasida tadqiqot va tahliliy ishlarni o‘tkazish maqsadida Ishtirokchilar mutaxassislarini o‘zaro jalb qiladilar;
“Elektron hukumat” tizimi doirasida amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishtirish, shuningdek, mahorat darslari va boshqa loyihalarni o‘tkazish maqsadida “Axborot texnologiyalari va axborot resurslarini rivojlantirish markazi” davlat unitar korxonasi mutaxassislari va xalqaro ekspertlari “O‘zarxiv” agentligiga jalb qilinadi;
“Elektron hukumat” tizimi va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish, axborot xavfsizligini ta’minlash, ichki va tashqi buzuvchilardan himoya qilish sohasida qo‘shma anjumanlar, treninglar, seminarlar tashkil etadilar va o‘tkazadilar.