"O‘ZARXIV" AGENTLIGI VA O‘ZBEKISTON MILLIY KUTUBXONASI O‘RTASIDA MEMORANDUM IMZOLANDI
Joriy yil 18 mart kuni "O‘zarxiv" agentligi va O‘zbekiston Milliy kutubxonasi rahbarlari va xodimlari Memondum imzolash uchun to‘plandilar.
O‘zaro manfaatli hamkorlik munosabatlar va idoralararo aloqalarni yanada kengaytirish,
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan vakolatlari doirasida harakat qilib, arxiv hujjatlarini kelajak avlodga jismonan yaxshi holatda yetkazib berish,
hujjatlarga ortiqcha ziyon yetishini oldini olish, ularning foydalanish yaroqliligini uzoq vaqt davomida saqlab qolish va zamonaviy texnik vositalardan foydalanib raqamlashtirish kabi maqsadlarda Anglashuv memorandumi imzolandi.