"O‘zarxiv" agentligi va Tatariston Respublikasi arxiv ishi bo‘yicha davlat qo‘mitasi o‘rtasida hamkorlik istiqbollari masalalari muhokama qilindi







"O‘zarxiv" agentligi va Tatariston Respublikasi arxiv ishi bo‘yicha davlat qo‘mitasi o‘rtasida hamkorlik istiqbollari masalalari muhokama qilindi

Bugun "O‘zarxiv" agentligi direktori Ulug‘bek Yusupov joriy yilning 9-11-sentyabr kunlari  Tatariston Respublikasi Kazan shahriga o‘tkazilayotgan “KAZAN DIGITAL WEEK – 2024” Xalqaro forumi doirasida Tatariston Respublikasi arxiv ishi bo‘yicha davlat qo‘mitasi bilan hamkorlik istiqbollariga bag‘ishlangan davra suhbatida ishtirok etdi.

O‘zbekiston Tatariston arxivlari o‘rtasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, elektron arxivlar takomillashtirish, shajaralarni tuzish, hujjalarni restavratsiyasi va kitoblar nashr etish masalalarida xodimlarning o‘zaro tajribalarini almashishlari uchun shart-sharoitlarni yaratish masalalari muhokama qilindi.


Manba : "O‘zarxiv" agentligi Axborot xizmati