“O‘zarxiv” agentligi va Turkiya Prezidenti devoni qoshidagi Davlat arxivlar departamenti o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 24-25 aprel kunlari Turkiya Respublikasi Anqara shahrida “O‘zarxiv” agentligi Bosh dirktori U.Yusupov va Turkiya Prezidenti devoni qoshidagi Davlat arxivlar departamenti boshlig‘i Ugur Unal o‘rtasida kelgusidagi hamkorlik yuzasidan muzokaralar bo‘lib o‘tdi.
Muzokaralar natijasida ikki tomonlarga oid arxiv hujjatlarining to‘plamini nashr etish yuzasidan kelishuvga erishdilar. Tashrif davomida Turkiya Respublika arxivlari faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
Shuningdek, xizmat safari davomida Turkiya Respublikasi arxivida saqlanayotgan O‘zbekiston Respublikasiga oid 1926 va 1930 yillarga oid arxiv hujjatlarining nusxalari olib kelindi.