"O‘zarxiv" Agentligi va uning tizim tashkilotlari uchun korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi xodimlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.



 

KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH – DAVLAT VA JAMIYAT YANGILANISHIDA MUHIM OMIL

"O‘zarxiv" Agentligi va uning tizim tashkilotlari uchun korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi xodimlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.

Unda Agentlik markaziy apparati, O‘zbekiston milliy arxivlari, Arxiv ishi hududiy boshqarmalari, davlat arxivlarining rahbar va xodimlari ishtirok etdi.

Asosiy eʼtibor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 5-mart kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi yig‘ilishidagi ishtiroki hamda maʼruzasi tafsilotlari, oldimizda turgan dolzarb masalalar va bu illatga qarshi kurashning samaradorligini kuchaytirishga qaratildi. Korrupsiyadan xoli muhit yaratish bo‘yicha qilingan ishlarga baho berilib, kelgusi vazifalar va Agentlikning tegishli chora-tadbirlarini ishlab chiqish belgilandi.


Manba : “O‘zarxiv” agentligi Axborot xizmati