“O'zarxiv” agentligi va uning tizimidagi arxiv muassasalarining xodimlari attestatsiyadan muvaffaqiyatli o'tdilar...

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 27.10.2011 yildagi “Davlat va xo'jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlarining malakasini va ko'nikmalarini oshirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar hamda ularni ishida kompyuter texnikasi va axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish yuzasidan attestatsiyadan o'tkazish tartibi to'g'risida”gi 289-son qarori ijrosini ta'minlash maqsadida “KSBT” (kompyuter savodxonligini baholash tizimi) tashkilotining rejasiga muvofiq joriy yil 1-2 iyul kunlari “O'zarxiv” agentligi tizimidagi arxiv muassasalarining 150 nafar xodimlari attestatsiyadan muvaffaqiyatli o'tdilar.