“O‘zarxiv” agentligi va Yad Vashem boshqarmasi (Quddus) o‘rtasida memorandum imzolandi.

O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi va Yad Vashem, Xolokost qurbonlari va qahramonlarini xotirlash boshqarmasi (Quddus) o‘rtasida arxiv ishi sohasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi.
Endilikda Ishtirokchilar arxiv hujjatlaridan foydalangan holda ochiq arxiv hujjatlari to‘g‘risida kasbiy tajriba almashish bo‘yicha ish olib boradilar.
Ishtirokchilar tadqiqot/ta’lim/shaxsiy foydalanish uchun arxiv hujjatlarining nusxalaridan o‘rnatilgan tartibda foydalanishni ta’minlaydilar.
Ishtirokchilar o‘zaro ilg‘or texnik va dasturiy ta’minotdan foydalangan holda mutaxassislarni o‘qitish va malaka oshirish yo‘nalishlarida hamkorlik qiladilar.
Ishtirokchilar arxiv hujjatlarini aniqlash va ularning nusxalarini o‘z davlatlari qonunchiligiga muvofiq hamda o‘z vakolatlari doirasida kelishuvga asosan taqdim etib borishda bir-birlariga ko‘maklashadilar.
Ishtirokchilar kelishilgan mavzu asosida seminarlar va anjumanlarni tashkil qiladilar.


Manba : "O'zarxiv" agentligi Axborot xizmati