«O'zarxiv» agentligi vakillari 2015 yil 18-19 noyabr kunlari bo'lib o'tgan “Axborot jamiyatida hujjatlashtirish: standartlashtirish muammolari” mavzusidagi XXII Xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiyada ishtirok etdilar.

Joriy yilning 18-19 noyabr kunlari Moskva shahrida “Axborot jamiyatida hujjatlashtirish: standartlashtirish muammolari” mavzusidagi XXII Xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiyasi o'tkazildi. Konferentsiya tashkilotlarchilari Xalqaro arxivlar kengashining Yevro-osiyo hududiy bo'linmasi (Yevrazika), Rossiya Federal arxiv agentligi (Rosarxiv), Butunrossiya hujjatlashtirish va arxiv ishi bo'yicha ilmiy-tadqiqot instituti (VNIIDAD) , Rossiya davlat gumanitar universiteti (RGGU) , Rossiya tarixchi-arxivchilar jamiyati (ROIA)lar bo'ldilar.

Konferentsiyada olimlar, ilmiy xodimlar, tadqiqodchilar, amaliyotchi, mutaxassislar va shu soxaga qiziqqan talabalar ishtirok etdilar. Konferentsiyaning ochilish marosimidagi plenum yig'ilishida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O'zarxiv” agentligi bo'lim boshlig'i Aliev Anvarjon Orifjonovich “ Informatsion texnologiyalari boshqaruv hujjatlarini standartlashtirishni takomillashtirishning asosiy omili sifatida” mavzusidagi ma'ruza bilan ishtirok etdi. Ma'ruza tinglovchilarda katta qiziqish uyg'otdi. Tajriba almashish maqsadida xalqaro hamkorlik bo'yicha takliflar bildirildi.

Konferentsiya davomida 40 ta ma'ruza tinglandi, ko'tarilgan muammo bo'yicha qizg'in baxs-munozaralar o'tkazildi.