“O'zarxiv” Agentligi vakillari sifat bo'yicha menedjerlar seminarida ishtirok etdilar

2014 yil 11 dekabrda Toshkent shahridagi Halqaro Biznes Markazi binosida O'zbekistondagi sifat tizimini boshqarish bo'yicha menedjerlarning “Yangi standart ISO 9001:2015 – Mahsulot sifatidan boshlab biznes sifatigacha va eksportni rivojlantirish” mavzusida halqaro seminar bo'lib o'tdi. Seminar «CERT ACADEMY GROUP» nodavlat ta'lim muassasasi, USAID loyihasi va GIZ Germaniya halqaro hamkorlik jamiyatlari homiyligida tashkil etildi. Seminar ishida yangi halqaro standartning e'lon qilinishi, tashkilotlar va menedjerlarning ISO 9001 yangi 2015y. versiyasiga o'tkazilishi, yangi sertifikatlarning joriy qilinishi va boshqa masalalar keng muhokama etildi.

Mazkur seminarda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O'zarxiv” agentligi tizimida sifatni boshqarish bo'yicha menedjerlik sertifikatiga ega bo'lgan vakillar ishtirok etdilar. Seminar oxirida ishtirokchilarga “ISO 9001:2015 versiyasiga o'tishni rejalashtirish bo'yicha rahbarlik qo'llanmasi (loyihasi)” va sertifikatlar topshirildi.