“O‘zarxiv” agentligi xalqaro munosabatlar bo‘limi boshlig‘i D.Dadayeva Markaziy Osiyo davlatlaridan kelgan delegatlar bilan birgalikda AQSh Kongressi kutubxonasiga tashrif buyurdi.

Kutubxonada folklor boʻyicha mutaxassis Judit Grey bilan birgalikda Amerika folklor markazining anʼanaviy madaniyatni hujjatlashtirish, asrab-avaylash va taqdim etish sohasidagi missiyasi muhokama qilindi.

Shuningdek, 1928-yilda Kongress kutubxonasi musiqa bo'limida yaratilgan Amerika folklor markazi arxivi ko'rib chiqilib, u bugungi kunda Amerika Qo'shma Shtatlari va butun dunyodagi eng yirik etnografik materiallar arxivlaridan biri ekanligi, arxivda millionlab etnografik va tarixiy hujjatlar qamrab olinganligi, 19-asrdan hozirgi kungacha saqlangan hujjatlar to’g’risida ma’lumot olindi.

Uchrashuv so’ngida J.Grey “O’zarxiv” agentligiga bir qator adabiyotlar va disklarni hadya qildi.


Manba : "O‘zarxiv" agentligi Axborot xizmati