“O‘zarxiv” agentligi xalqaro munosabatlar bo‘limi boshlig‘i Dilrabo Dadayeva AQShning Vashington shahrida joylashgan “Meridian” xalqaro markaziga tashrif buyurdi.
AQSh Davlat departamenti homiyligida “XXI asrda oʻzgarishlar yaratuvchilari: madaniy meros va oʻziga xoslikni saqlash va himoya qilish” mavzusidagi Xalqaro tashrif buyuruvchilar yetakchiligi dasturi (IVLP) doirasida “O‘zarxiv” agentligi xalqaro munosabatlar bo‘limi boshlig‘i Dilrabo Dadayeva AQShning Vashington shahrida joylashgan “Meridian” xalqaro markaziga tashrif buyurdi.
Markazda D.Dadayeva AQSh Davlat departamenti xodimlari – doktor Chikita Jekson va “Meridian” markazi – Endryu Nissen va Gabriel Mann bilan uchrashib, loyiha maqsadlari, ish jadvali va logistika masalalarini muhokama qildi.