“O‘zarxiv” agentligi Yoshlar bilan ishlashda namunali tashkilotlar TOP-30 taligidan joy oldi

“O‘zarxiv” agentligi Yoshlar bilan ishlashda namunali tashkilotlar TOP-30 taligidan joy oldi

Yoshlar siyosatini samarali amalga oshirish, ularning faolligi va salohiyatini yuzaga chiqarish yo‘lida olib borilayotgan ishlar natijasida yurtimizdagi eng faol tashkilotlar e’tirof etildi. 150 dan ortiq vazirlik va idoralar orasidan yoshlar bilan ishlash borasida ilg‘or tajriba namoyon etgan TOP-30 tashkilot saralandi.

TOP-30 tashkilot ro‘yxatiga “O‘zarxiv” agentligining ham e'tirof etilishi – tizimda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish borasida berilgan yuksak baho hisoblanadi.

Bugungi kunda Agentlik tizim tashkilotlarida yoshlar salohiyatini qo‘llab-quvvatlash, ularni innovatsion, intellektual, sport va ijtimoiy loyihalarga jalb etish, rag‘batlantirish va malakasini oshirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, “O‘zarxiv” agentligi direktorining Yoshlar masalalari bo'yicha maslahatchisi Dilmurod Yusupov tashabbus va faoliyati ushbu yutuqlarda muhim o‘rin tutib, uning yoshlar bilan ishlashdagi namunali yondashuvi alohida e’tirof etildi.

“O‘zarxiv” agentligi jamoasi Dilmurod Yusupovni ushbu e’tirof bilan tabriklab, kelgusi ishlarida muvaffaqiyat, g‘ayrat va shijoat doimiy hamroh bo‘lishini tilaydi.


Manba : “O‘zarxiv” agentligi Axborot xizmati