"O‘ZARXIV" AGENTLIGIDA "MARDLAR QO‘RIQLAYDI VATANNI" NOMLI MA’NAVIY-MA’RIFIY TADBIR O‘TKAZILDI

Joriy yil 11 yanvar kuni “O‘zarxiv” agentligi hamda Mudofaa vazirligi Axborot xizmatlari, Yoshlar ittifoqi yetakchilar kengashi raisi, O‘zbekiston milliy arxivi, O‘zbekiston kinofotofono hujjjatlari milliy arxivi, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va aloqa harbiy instituti bilan xamkorlikda “Mardlar qo‘riqlaydi Vatanni” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. 
Tadbir davomida institut ofitserlari va kursantlari O‘zbekiston kinofotofono hujatlari milliy arxivida vatan ximoyachilari kuni munosabati bilan tashkil etilgan ko‘rgazmada ishtirok etishdi va urush yillarini o‘zida aks etgan hujjatli film namoyishini tomosha qilishdi, so‘ngra O‘zbekiston milliy arxivida tashkil etilgan ko‘rgazmalar zalidagi tarixiy va noyob arxiv hujjatlari ko‘rgazmasi bilan tanishdilar, tadbir doirasida tizimda faoliyat olib borayotgan arxivchi yoshlar, ofitserlar hamda kursantlar ishtirokida davra suxbati tashkil etildi. Respublika davlat arxivi yoshlari onlayn ishtirok etdilar.
Davra suxbatida “O‘zarxiv” agentligi bo‘lim boshlig‘i A.Fayzullayev va O‘zbekiston milliy arxivi hodimi G.Xujamovalarning "Vatan ximoyachilari kuni"ga bag‘ishlangan ma’ruzalari tinglandi, tadbir so‘ngida “O‘zarxiv” agentligi Axborot xizmati raxbari A.Aliyev hamda Yoshlar ittifoqi yetakchilar kengashi raisi D.Yusupovlar tadbir ishtirokchilari va yurtdoshlarimizni bayram bilan qizg‘in muborakbod etdilar.
Ushbu mavzudagi bayram tadbirlari arxiv muassasalarida ham davom etmoqda.
 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.


Manba : "Ўзархив" агентлиги Ахборот хизмати