"O‘ZARXIV" AGENTLIGIDA PRESS-TUR O‘TKAZILDI.
2020 yil 9 dekabr kuni Toshkent shahrida Respublika ommaviy axborot vositalari uchun ““O‘zarxiv” agentligi tizimidagi davlat arxivlarida saqlanib kelinayotgan Milliy arxiv fondining alohida qimmatli va noyob (qog‘oz shaklidagi, kino, foto va fono) hujjatlar ko‘rgazmalari” mavzusida press-tur tashkil etildi.
O‘zA, MTRK, UzReport, Milly TV, Sevimli TV, O‘zbekiston tarixi telekanallari, ORIAT Dono, Navro‘z, Maxalla radiolari, Darakchi gazetasi hamda boshqa bir qancha jurnalist va blogerlar press-turda ishtirok etdilar.
Press-turda ishtirokchilar O‘zbekiston milliy arxivlari faoliyati, yaratilgan sharoitlar va ularda saqlanayotgan alohida qimmatli hamda noyob arxiv hujjatlari bilan tanishtirildi.