“O‘zarxiv” agentligining 2017 yil yakunlari bo‘yicha hisoboti

“O‘zarxiv” agentligining 2017 yil yakunlari bo‘yicha hisoboti

I. Moliyaviy - iqtisodiy ko‘rsatkichlar
Hisobot davrida respublika davlat arxivlari pulli xizmatlarining umumiy hajmi 2016 yilning shu davriga nisbatan o‘sdi va 9 117,3 mln. so‘mni tashkil etdi, o‘sish sur’ati 133 % (2016 yil yakunida – 6 883,6 mln so‘m). Respublika davlat arxivlari tomonidan pulli xizmatlar asosan idoraviy arxivlar hujjatlariga ilmiy-texnikaviy ishlov berish, mavzuli so‘rovlarni bajarish va me’yoriy-uslubiy hujjatlarni tayyorlashdan iborat bo‘ldi. 
Shu bilan birga, Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2016 yil 12 fevralda tasdiqlangan 05-5-1-son Chora-tadbirlar rejasi hamda 2016 yil 17 fevraldagi EDO-03/1-865-son yig‘ilish bayoniga muvofiq ko‘chmas mulk ob’ektlarining keng ko‘lamdagi xatlovi bo‘yicha hokimliklar huzurida tashkil etilgan komissiyalar tomonidan kelib tushgan so‘rovlar asosida 888,03 mln. so‘mmiqdoridagi pulli xizmatlar bepul bajarib berildi.
“O‘zarxiv” agentligi va 3 ta markaziy davlat arxivlarining 2018 yil 
1 yanvar holatiga debitorlik qarzlari mavjud emas (2016 yilning shu davrida 
debitorlik qarzlari mavjud bo‘lmagan.).
“O‘zarxiv” agentligi va 3 ta markaziy davlat arxivlarining 2018 yil 
1 yanvar holatiga kreditorlik qarzlari mavjud emas (2016 yilning shu davrida kreditorlik qarzlari mavjud bo‘lmagan).
Xodimlarga pensiya va nafaqa to‘lovlari bo‘yicha Chilonzor tuman Pensiya fondi bo‘limi tomonidan 2018 yil 1 yanvar xolatiga 3 062,0 ming. so‘m miqdorida qarzlar mavjud.
Agentlik va O‘zbekiston Respublikasi markaziy davlat arxivlarining moliyaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha ma’lumotlar 1-15 jadvallarda (ilovada) berilmoqda.

II. Tarmoqning rivojlanish tendensiyalari, ularning 2016 yilning shu davriga nisbatan o‘sish dinamikasi (%) 

2.1. Tarmoq faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan tadbirlar:
O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishini rivojlantirishning 2017 yil 
2-yarim yilligiga mo‘ljallangan rejasi 46 ta ko‘rsatkichlar bo‘yicha bajarildi, 
31 ta ko‘rsatkich bo‘yicha oshirib bajarildi.
Xususan, ilmiy-texnik hujjatlarni ro‘yxatlash 507 (132 %) s.b (2016 yilda – 385 s.b); alohida qimmatli hujjatlarni aniqlash 27 909 (111%) s.b (2016 yilda – 25 246 s.b); hujjatlarni muqovalash 79 993 (106%) s.b. (2016 yilda – 75 654 s.b); hujjatlarni kartonlash 252 312 (115 %) s.b. (2016 yilda – 218 657 s.b); boshqaruv hujjatlarini mavjudligi va holatini tekshirish 1 290 224 (117 %) s.b. (2016 yilda – 1 101 961 s.b); ilmiy-texnik hujjatlarni mavjudligi va holatini tekshirish 16 422 (107 %) s.b. (2016 yilda – 15 346 s.b); boshqaruv hujjatlarini ro‘yxatlash 459 075 (168 %) s.b. (2016 yilda – 273 059 s.b); shaxsiy kelib chiqishhujjatlarni ro‘yxatlash 618 (102 %) s.b. (2016 yilda – 607 s.b); boshqaruv hujjatlari xatlovini takomillashtirish va qayta ishlash 330 618 (102%) s.b. (2016 yilda – 322 988 s.b); boshqaruv hujjatlarini qimmatdorligini e kspertizalash 246 665 (151%) s.b. (2016 yilda – 163 639 s.b); idoraviy arxivlarda mavzuli o‘rganishlar o‘tkazish 1 622 (107 %) ta. (2016 yilda – 1 510 ta); idoraviy arxivlarda nazorat o‘rganishlar o‘tkazish 887 (107 %) ta (2016 yilda – 829 ta); me’yoriy-uslubiy hujjatlarni tayyorlash 2 242 (104 %) ta (2016 yilda – 2 149 ta); arxiv xodimlarini malaka oshirishi 521 nafar (2016 yilda – 341 nafar);

2.2. Faoliyatning normativ-huquqiy bazasini takomillashtirishga qaratilgan tadbirlar bo‘yicha:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-son Farmonining ijrosini ta’minlash maqsadida Agentlikda joriy yilning 22 fevralidagi 21-son buyrug‘i qabul qilindi. Mazkur buyruq asosida 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi asosida ishlab chiqilgan Agentlik tizimida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar rejasi tasdiqlanib, unga ko‘ra, Agentlik va arxiv ishi hududiy boshqarmalari hamda markaziy davlat arxivlarining axborot xizmatlarining faoliyati samaradorligini oshirish, Agentlik va arxiv ishi hududiy boshqarmalari hamda markaziy davlat arxivlarining faoliyati shaffofligini ta’minlash, Agentlik va arxiv ishi hududiy boshqarmalari hamda davlat arxivlariga zamonaviy fikrlaydigan, tashabbuskor, mas’uliyatli, kasbiy tayyorlangan kadrlarni jalb etish, kabi tadbirlar belgilab olinib faoliyatga tadbiq etilmoqda. Ushbu chora-tadbirlar rejasini ijrosi doimiy tarzda nazorati olib borilmoqda. Shuningdek, joriy yilning 22 sentyabrida Agentlik tomonidan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Halq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilib, O‘zbekiston Respublikasi Bosh purokuraturasiga yuborildi. 
“Arxiv hujjatlarini alohida qimmatli hujjatlar sirasiga kiritish tartibi to‘g‘risida Nizom”, “Arxiv hujjatlarini kirib ko‘rish tartibi”, “O‘zbekiston Respublikasi tashkilotlari faoliyatida tuziladigan boshqaruv hujjatlarining saqlash muddatlari ko‘rsatilgan Namunaviy Ro‘yxati” loyihalari ishlab chiqilib, hududiy arxivlar va tashkilotlar takliflari asosida qayta ishlanmoqda. 
Shuningdek, “Davlat arxivlari huzuridagi ho‘jalik hisobidagi xizmat ko‘rsatish xodimlari guruhi to‘g‘risida Namunaviy nizom” ishlab chiqilib, “O‘zarxiv” agentligi Bosh direktorining buyrug‘i bilan tasdiqlanib, amaliyotga joriy etildi.

III. Agentlikka yuklatilgan asosiy vazifalarning bajarilishi
3.1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 
3 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishini boshqarishni yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 49-son qarori yuzasidan quyidagi tadbirlar amalga oshirildi:
Agentlikning asosiy tadbirlar Rejasiga muvofiq Hay’at yig‘ilishlari o‘tkazilib, ularda arxivlarida qonun va qonunosti hujjatlarining ijrosi hamda respublikada arxiv ishini rivojlantirishning asosiy masalalari muhokama etildi. 
Shuningdek, 2017 yil davomida “O‘zarxiv” agentligining ishlab chiqarish yig‘ilishlarida arxiv ishi xududiy boshqarmalari boshliqlari va O‘zbekiston Respublikasi markaziy davlat arxivlari direktorlari hisobotlari tinglandi.
Joriy yil davomida joylarda O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, qonunosti hujjatlari ijrosi hamda arxiv ishi va ish yuritish holatini o‘rganish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivida, O‘zbekiston Respublikasi Kinofotofono hujjatlari markaziy davlat arxivida, Qaraqalpog‘iston Respublikasi, Jizzax, Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo viloyatlari arxivlarida O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi, “Arxiv ishi to‘g‘risida”gi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 30 oktyabrdagi 
482-son qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosatining 2015 yil 9 dekabrdagi 99-A-sonli bayoni, “O‘zarxiv” agentligi bosh direktori tomonidan tasdiqlanib, Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tgan me’yoriy-huquqiy hujjatlarning ijrosi shuningdek, Qaraqalpog‘iston Respublikasida sohaga oid asosiy faoliyat kompleks o‘rganilib, atroflicha tahlil qilindi.
Toshkent shahar segmentida jismoniy va yuridik shaxslar uchun qulayliklar yaratish, ularni sansalor bo‘lishini oldini olish va ularga barcha arxivlarga murojaatlarini markazlashgan tarzda hal etish maqsadida “O‘zarxiv” agentligi huzurida Toshkent shahar davlat arxivi Uchtepa filiali binosida “Arxiv xizmatlarini ko‘rsatish markazi” ishga tushirildi.
Arxivlarga kelib tushayotgan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari monitoringi olib borilmoqda.
Agentlik tomonidan davlat arxivlari saqlovida bo‘lgan shaxsiy tarkibga oid hujjatlarning ro‘yxatlarini raqamlashtirish va elektron bazasini yaratish ishlari olib borilib, bugungi kunda jami 1 911 123 s.b. mavjud 30 483 ta ro‘yxat raqamlashtirildi.
Shuningdek, hududlarda faoliyat yuritayotgan nodavlat arxivlari bilan uzviy aloqalar o‘rnatilib, ularning faoliyatlarini normativ-huquqiy hujjatlar asosida tashkil etish borasida amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatilmoqda hamda mazkur arxivlar saqlovida bo‘lgan shaxsiy tarkib hujjatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning olinishi va respublika bazasiga kiritilishi ta’minlanmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxiv tashabbusi bilan joriy yilning 27 sentyabrida “Arxivlar va moddiy madaniy meros ob’ektlari: integratsiya jarayonlari, muammolar va ularning yechimlari” mazusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazilib unda arxiv sohasida dolzarb muammolar yuzasidan ma’ruzalar tinglandi va kelgusidagi ishlar rejalashtirildi.
Shuningdek, “O‘zarxiv” agnetligi huzuridagi arxiv ishi masalalari bo‘yicha jamoatchilik kengashining yig‘ilishi o‘tkazilib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida Ma’muriy islohotlar konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 2017 yil 8 sentyabrdagi PF-5185-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan “O‘zarxiv agentligi tomonidan ishlab chiqilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari to‘g‘risida, Elektron hujjatlarni jamlash, hisobini yuritish, saqlash va ulardan foydalanishning dolzarb masalalari to‘g‘risida, O‘zbekiston Respublikasi Ilmiy-texnika va tibbiyot hujjatlari markaziy davlat arxivida tadqiqotlar natijasida ishlab chiqilgan Davlat arxivlarining onlayn monitoringi dasturiy ta’minoti va hujjatlarni raqamlashtirish qurilmasi to‘g‘risida masalalar ko‘rib chiqildi.
“O‘zarxiv” agentligining Markaziy ekspert-tekshiruv komissiyasi yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivi Ekspert-tekshiruv va uslubiy komissiyasi, Samarqand viloyati Arxiv ishi hududiy boshqarmasi huzuridagi Ekspert tekshiruv komissiyasining 2016 yil davomida amalga oshirgan ishlari yuzasidan hisoboti, Farg‘ona viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi huzuridagi Ekspert tekshiruv komissiyasining 2016 yil va 2017 yil I-yarim yil davomida amalga oshirgan ishlari yuzasidan hisoboti, shuningdek, “Promstroyenergoproyekt” Ma’suliyati cheklangan jamiyati, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligi huzuridagi “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus kasb-xunar ta’limini rivojlantirish markazi,O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivi jamlash manbai bo‘lgan O‘zbekiston maxsus va montaj qurilish AKning Ekspert komissiyalari, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Markaziy ekspert komissiyasi, Respublika ixtisoslashtirilgan “Akusherlik va genikologiya” ilmiy-amaliy va tibbiy markazi AJning EK hisoboti, O‘zbek Milliy akademik drama teatri EK hisoboti, “Ranglimetelektrloyiha” MChJning EK hisoboti, “O‘zavtosanoat” Aksiyadorlik kompaniyasi EK hisoboti, Toshkent shahar arxiv ishi hududiy boshqarmasi huzuridagi ETK ning 2016 yil va 2017 yil 1-yarim yil davomida amalga oshirgan ishlari yuzasidan hisoboti, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi EK hisobotlari eshitilib, muhokama qilindi..
O‘zbekiston Respublikasi tovar-xom ashyo birjasi AJ va hududiy filiallari faoliyatida shakllanadigan hujjatlarning saqlash muddatlari ko‘rsatilgan ro‘yxat, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan taqdim qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2000 yil 25 sentyabrdagi 
42-xfu-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan ro‘yxati”dagi 80-83-bandlariga kiritilgan o‘zgartirishlar, “O‘zarxiv” agentligining Toshkent shahrida “Arxiv xizmatlarini ko‘rsatish markazi”ning Nizomi, O‘zbekiston Respublikasi tashkilotlari faoliyatida tuziladigan boshqaruv hujjatlarining saqlash muddatlari va axborot tashuvchi turi ko‘rsatilgan namunaviy ro‘yxat yangi tahriri loyihasi, O‘zbekiston Respublikasi prokuraturasi organlarida shakllanadigan hujjatlarning saqlanish muddati ko‘rsatilgan sohaviy Ro‘yxatiga qo‘shimcha hamda o‘zgartirish kiritildi va ma’qullandi.
Xalqaro aloqalarni rivojlantirish bo‘yichahozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi bilan O‘mon Sultonligi Hujjatlar va arxivlar milliy boshqarmasi o‘rtasida tarixiy hujjatlar, yozuvlar va arxiv boshqaruvi sohasidagi Anglashuv memorandumini imzolash yuzasidan tashkiliy ishlar amalga oshirilmoqda.
Koreya Respublikasi Milliy arxivi va “O‘zarxiv” agentligi o‘rtasida imzolangan hamkorlik to‘g‘risidagi Memorandumga asosan arxiv xodimlaridan bir guruhi Koreya Respublikasiga malaka oshirish uchun yuborildi.
O‘zbekiston Respublikasi va Rassiya davlatlari hamkorlikda “Rassiya va O‘zbekiston: 25yillik strategik sheriklik” ko‘rgazma tashkil etildi. 

3.2. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 21 martdagi PQ-1730-son qarorini bajarilishi bo‘yicha chora-tadbirlar rejasida belgilangan topshiriqlarni amalga oshirish yuzasidan Agentlik tomonidan “O‘zarxiv” agentligida elektron hujjatlar almashish tizimini hamda kompyuter texnikasidan foydalanish samaradorligini oshirish, AKTni rivojlantirish va joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi” (2013 yil 1 mayda Vazirlar Mahkamasi tomonidan № 08-12-75, 11.05.2013 y. tasdiqlangan)ga muvofiq 117 ta arxivlar bilan hujjatlarni elektron raqamli imzo orqali almashinish yo‘lga qo‘yilib, vazirlik va idoralar hamda tizimdagi arxivlar bilan “e-xat” pochta tizimi orqali hujjatlar almashinmoqda.
Arxivlar tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar bo‘yicha so‘rovlarning elektron shakllari Agentlik veb-saytiga joylashtirilib, anketa-so‘rovlar elektron tarzda qabul qilinishi hamda “Arxiv xizmatlarini ko‘rsatish markazi”da qabul qilingan so‘rovlarni arxivlarga elektron tarzda yuborilishi yo‘lga qo‘yildi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivlari, Toshkent shahar va Sirdaryo, Andijon, Qashqadaryo, Jizzax, Farg‘ona viloyatlari davlat arxivlarida joriy etilgan zamonaviy axborot (sensorli) kiosklarining elektron bazalari yanada kengaytirilib, davlat arxivlarida saqlanayotgan 65 896 ta korxona, tashkilot va muassasalarning shaxsiy tarkib hujjatlari to‘g‘risida ma’lumotlar joylashtirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Ilmiy-texnik va tibbiyot hujjatlari markaziy davlat arxivi tomonidan ishlab chiqilgan “Davlat arxivlarining ish faoliyatini nazorat va tahlil qilish avtomatlashtirilgan axborot tizimi” dasturi ma’qullandi.
Shu bilan birga, Arxiv ishini rivojlantirishda Internet tarmog‘idan foydalanishning texnik imkoniyatlarini yanada kengaytirish maqsadida 
2017 yil davomida, respublika davlat arxivlarida hujjatlarning saqlovini ta’minlashga oid zamonaviy texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha jami 581,94 mln so‘m mablag‘ maqsadli sarflanib, jami 99 ta kompyuter, 32 ta UPS, 51 ta printer, 
12 ta skaner, 8 ta nusxa ko‘chirish apparati, 6 ta raqamli fotoapparat, 2 ta faks, 2 ta infokiosk rejaga muvofiq sotib olindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 27 iyundagi PQ-1989-son qarori bo‘yicha:
Hisobot davrida AKT bo‘yicha malaka oshirish yuzasidan tegishli shartnomalar tuzilib, jami 91 nafar xodim Toshkent axborot texnologiyalari universitetining tegishli filiallarida malaka oshirdilar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 20 sentyabrdagi “Mamlakatimizning dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilarini rag‘batlantirishni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2042-son qarori bo‘yicha,
O‘zbekiston Respublikasi Ilmiy-texnik va tibbiyot hujjatlari markaziy davlat arxivi tomonidan Respublika arxivlarida hujjatlari saqlanayotgan tashkilotlarning nomlari bo‘yicha ma’lumotlar bazasi yaratilib, mazkur arxivning veb-saytiga (www.ntmd.uz) joylashtirildi hamda mazkur ma’lumotlar bazasidan Agentlik veb-sayti va tegishli havolalar asosida keng foydalanish imkoniyati yaratildi.
Mazkur arxivda arxiv hujjatlari saqlanishi va xavfsizligi ustidan nazorat qilish hamda boshqarishning integratsiyalashgan tizimi, arxiv saqlovxonalarida mikroklimatni boshqarish va nazorat qilishning avtomatlashgan tizimi, arxiv faoliyatini avtomatlashtirish uchun markazlashgan axborot tizimi hamda arxiv hujjatlarini qidiruv tizimlari, Arxiv-Geokadastr tizimi ishlab chiqilib, hozirda mazkur axborot tizimlari boshqa davlat arxivlarida joriy etilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 
30 dekabrdagi “Interaktiv davlat xizmatlari ko‘rsatishni hisobga olgan holda internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasining hukumat portali faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 378-son qarorini bajarilishini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi bo‘yicha,
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ijtimoiy-huquqiy mazmundagi, xususan, mehnat faoliyati va ish haqini tasdiqlash, o‘quv muassasalarida o‘qiganlikni tasdiqlash hamda mukofotlanganlik to‘g‘risidagi arxiv ma’lumotnomalarini berish bo‘yicha hisobot davrida 1 700 ta so‘rovlar qabul qilinib, ijro etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 
31 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish holatini baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 355-son qarori bo‘yicha,
qarorda belgilangan topshiriqlarga asosan “O‘zarxiv” agentligi bo‘yicha axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirishning holati to‘g‘risidagi axborotlar har chorakda ict.nis.uz portaliga kiritib borilmoqda. O‘tgan 2017 yil yakuni bo‘yicha Agentlikning bu boradagi faoliyati 64,90 ball bilan baholandi.
“2017 yilda “O‘zarxiv” agentligi faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini hamda “Elektron hukumat” tizimi mexanizmlarini joriy etish va rivojlantirish bo‘yicha Manzilli dasturi”ga muvofiq Agentlik, O‘zbekiston Respublikasi Ilmiy-texnik va tibbiyot hujjatlari markaziy davlat arxivi, O‘zbekiston Respublikasi Kinofotofono hujjatlari markaziy davlat arxivi, Andijon, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Samarqand, Sirdaryo, Farg‘ona, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahar arxiv ishi hududiy boshqarmalarining veb-saytini belgilangan talablarga moslashtirish bo‘yicha tegishli ishlar amalga oshirildi.
Jumladan, Agentlik, O‘zbekiston Respublikasi Ilmiy-texnik va tibbiyot hujjatlari markaziy davlat arxivi, O‘zbekiston Respublikasi Kinofotofono hujjatlari markaziy davlat arxivi, Andijon, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Samarqand, Sirdaryo, Farg‘ona, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahar arxiv ishi hududiy boshqarmalarining veb-sayti davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining rasmiy veb-saytiga qo‘yiladigan asosiy talablardan kelib chiqqan holda modernizatsiya qilinib, unda forum, interaktiv xizmatlar, me’yoriy-huquqiy hujjatlar, izlash, ishonch telefoni, yagona telefon tarmog‘i va boshqa tizimlari takomillashtirildi va tashqi ko‘rinishi o‘zgartirildi. Saytga arxivlarida korrupsiyaga qarshi kurashga chorlovchi maxsus videoroliklar joylashtirildi.
Hisobot davrida Bosh direktor virtual qabulxonasi orqali 97 ta murojaatlar kelib tushdi va ijrosi o‘rnatilgan tartibda ta’minlandi.
Axborot xavfsizligi yo‘nalishi bo‘yicha “O‘zarxiv” agentligi va markaziy davlat arxivlari axborot tizimlarida “Axborot xavfsizligini ta’minlash markazi” tomonidan ekspertiza o‘tkazilib, unga asosan axborotlar himoyasini yanada kuchaytirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar olindi. Hozirda Agentlik, 3 ta markaziy davlat arxivlari va 14 arxiv ishi hududiy boshqarmalarining rasmiy veb-saytlari muntazam ishlab turibdi va yangiliklar kamida 1 haftada bir marotaba kiritilishi nazorat qilinmoqda.

AKT sohasida amalga oshirilgan loyihalar doirasida bajarilgan ishlar bo‘yicha,
O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondining alohida qimmatli hujjatlari elektron shaklini yaratish ishlari jadallashtirilishiga erishildi va MAFga kiritilgan alohida qimmatli hujjatlarni 2015-2017 yillarda raqamlashtirish Reja-dasturiga asosan hisobot davri davomida 63 346 saqlov birligi, shu jumladan 2 533 654 qog‘oz, 35 589 surat, 217 ta kino va 322 ta ovoz hujjatlarining elektron nusxalari, 48 329 saqlov birligidagi qog‘oz asosdagi va 27 010 hisob birligidagi surat hujjatlardan 75 339 ta bibliografik ma’lumotlari yaratildi.

3.3“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 yanvardagi Vazirlar Mahkamasining 2016 yilda respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va iqtisodiyotni yanada isloh qilishni chuqurlashtirish, tarkibiy o‘zgartirishlar va modernizatsiyalash bo‘yicha 
2017 yil iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor vazifalariga bag‘ishlangan majlisidagi ma’ruzasida belgilangan topshiriqlarni bajarilishi bo‘yicha, 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 yanvar kuni Vazirlar Mahkamasi majlisida so‘zlagan nutqida belgilangan ustuvor vazifalar Agentlikning 2017 yil 20 yanvardagi 1-son kengaytirilgan Hay’ati yig‘ilishida hamda tizimdagi idoralarning direksiya yig‘ilishlarida keng muhokama etildi.
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 yanvardagi Vazirlar Mahkamasining 2016 yilda respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va iqtisodiyotni yanada isloh qilishni chuqurlashtirish, tarkibiy o‘zgartirishlar va modernizatsiyalash bo‘yicha 2017 yil iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor vazifalariga bag‘ishlangan majlisidagi ma’ruzasida belgilangan topshiriqlarni so‘zsiz bajarish bo‘yicha “O‘zarxiv” agentligi tizimida amalga oshiriladigan aniq chora-tadbirlar majmuasi tasdiqlandi (bajarilish holati 
1-Ilovada).
3.4. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bo‘yicha ishlarning borishi 
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ijtimoiy-huquqiy mazmundagi, xususan, mehnat faoliyati va ish haqini tasdiqlash, o‘quv muassasalarida o‘qiganlikni tasdiqlash hamda mukofotlanganlik to‘g‘risidagi arxiv ma’lumotnomalarini berish bo‘yicha 1 700ta (79.5%) so‘rovlar qabul qilinib, ijro etildi (2016 yil 9 oyida –2 137 ta). 
2017 yil 9 oyligi davomida “O‘zarxiv” agentligiga jismoniy va yuridik shaxslardan jami 719 ta, jumladan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi orqali 342 ta, my.gov.uz portali orqali 142 ta, Ishonch telefoni orqali 66 ta, Bosh direktor virtual qabulxonasi orqali 79 ta, Agentlikka yozma tarzda 90ta murojaatlar kelib tushdi. Ushbu murojaatlarning 113tasi (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi orqali kelib tushgan 
59 ta, my.gov.uz 19 ta, ishonch telefoni 5 ta, Bosh direktor virtual qabulxonasi 
13 tasi, Agentlikka yozma tarzda 17 ta) Agentlik tomonidan ko‘rib chiqildi, 606 tasi (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi 283 ta, my.gov.uz 
123 ta, ishonch telefoni 61 ta, Bosh direktor virtual qabulxonasi 66 ta,Agentlikka yozma tarzda 73 ta) Qonunning 18-moddasiga muvofiq taalluqliligi bo‘yicha tegishli joylarga yuborildi.
Shu bilan birga, davlat arxivlariga jami jismoniy va yuridik shaxslardan 5 248ta murojaatlar kelib tushidi, ushbu murojaatlar o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqildi.
Shu bilan birga, 2017 yil 9 oyi davomida davlat arxivlariga jami 199 064 ta (122,8%) ijtimoiy-huquqiy mazmundagi so‘rovlar kelib tushdi (2016 yil 
9 oyida–162 010 ta), 186 183 nafar fuqaro arxivga shaxsan murojaat etdi.
Arxiv hujjatlari asosida 172 699 ta so‘rovlar bajarilib, ulardan 
163 274 tasi ijobiy, 10 188tasi salbiy javoblarni tashkil etdi. So‘rovlar asosan evakuatsiya, mehnat staji, ish haqi, taqdirlanish, o‘qish davrini tasdiqlashdan iborat bo‘ldi.
3.5. Arxivlarining moddiy-texnik bazasini yaxshilash, Milliy arxiv fondi hujjatlarining saqlovini ta’minlash va hujjatlarni saqlash usullarini yanada takomillashtirish, arxiv hujjatlarining elektron nusxalarini va ularning bazalarini yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar.
Respublikada arxiv ishini rivojlantirishga yo‘naltirilgan bir qator tadbirlar amalga oshirildi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondining alohida qimmatli hujjatlarining elektron shaklini yaratish ishlari olib borilmoqda. Hisobot davri davomida 63 346 saqlov birligi, shu jumladan 2 533 654 qog‘oz, 35 589 surat, 217 ta kino va 322 ta ovoz hujjatlarining elektron nusxalari yaratildi. 
2017 yil davomida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivi va Navoiy, Farg‘ona viloyat davlat arxivi bazasida tashkil etilgan “Idoraviy arxivlar faoliyatini tashkil etish asoslari”, “Tashkilot faoliyati davomida shakllangan hujjatlarni tartibga keltirish”, “Hujjatlar hisobini yuritish va ulardan foydalanishni tashkil etish”, “Davlat arxivlari tomonidan tashkilot va muassasalarda arxiv ishi va ish yuritishni tashkil etish asoslari” seminar teringlarda 1 307 nafar va O‘zbekiston Respublikasi Kinofotofono hujjatlari markaziy davlat arxivi bazasida tashkil etilgan “Ijro nazorati va ish yuritish mahorati” maxsus o‘quv kurslarida 462 nafar turli tashkilotlar mutaxassislari, shu jumladan arxivlarining 220 nafar xodimlari o‘z malakalarini oshirdilar.
3.6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi 
PF-4947-son bilan tasdiqlangan “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha:
“O‘zarxiv” agentligining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 
7 fevraldagi PF-4947-son bilan tasdiqlangan “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturiijrosini ta’minlash maqsadida 3 ta markaziy davlat arxivlari va 14 ta arxiv ishi hududiy boshqarmalari tomonidan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.
Jumladan, 2017 yil davomida “O‘zarxiv” agentligiga jismoniy va yuridik shaxslardan jami 719 ta, jumladan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi orqali 342 ta; my.gov.uz portali orqali 137 ta, Ishonch telefoni orqali 66 ta, Bosh direktor virtual qabulxonasi orqali 79 ta, Agentlikka yozma tarzda 90 ta murojaatlar kelib tushdi. 
Ushbu murojaatlarning 113 tasi (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi orqali kelib tushgan 59 ta, my.gov.uz 19 ta, ishonch telefoni 
5 ta, Bosh direktor virtual qabulxonasi 13 tasi, Agentlikka yozma tarzda 17 ta) Agentlik tomonidan ko‘rib chiqildi, 606 tasi (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi 283 ta, my.gov.uz 123 ta, ishonch telefoni 61 ta, Bosh direktor virtual qabulxonasi 66 ta,Agentlikka yozma tarzda 73 ta) Qonunning 18-moddasiga muvofiq taalluqliligi bo‘yicha tegishli joylarga yuborildi.
Shu bilan birga, davlat arxivlariga jami jismoniy va yuridik shaxslardan 5 248 ta murojaatlar kelib tushidi, ushbu murojaatlar o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqildi.
Joriy yilning 9 iyun kuni “9 iyun - Xalqaro arxivlar kuni” tadbirlari doirasida hamda 2017 yil “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e’lon qilinishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarning so‘rovlari va murojaatlarini davlat arxivlari tomonidan ko‘rib chiqilishi jarayonini takomillashtirish, arxiv ma’lumotnomalarini sifatli tayyorlash, belgilangan muddatlarda bajarish va taqdim etish shuningdek, Toshkent shahar segmentida fuqarolar uchun qulayliklar yaratish, ularni sansalor bo‘lishini oldini olish va ularga barcha arxivlarga murojaatlarini markazlashgan tarzda hal etish maqsadida Toshkent shahar davlat arxivi Uchtepa filialida binosida “O‘zarxiv” agentligi huzuridagi “Arxiv xizmatlarini ko‘rsatish markazi” ishga tushirildi. Ayni vaqtda Toshkent shahrida faoliyat ko‘rsatayotgan 5 ta arxiv ya’ni, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivi, O‘zbekiston Respublikasi Ilmiy-texnik va tibbiyot hujjatlari Markaziy davlat arxivi, Toshkent viloyat davlat arxivi, Toshkent shahar davlat arxivi va Toshkent shahar Idoralararo shaxsiy tarkib hujjatlari markaziy arxivlariga kelib tushayotgan jismoniy va yuridik shaxslarning so‘rovlari va murojaatlarini markazlashtirilgan holda “Yagona darcha” tamoyili asosida bir joyda qabul qilish, qayta ishlash, ijrochilarga yuborish, ijrosini nazorat qilish, tayyorlangan arxiv ma’lumotnomalarini o‘z egalariga taqdim etish ishlarini muvofiqlashtirib borilishi bir joy - Markazda amalga oshirilib kelinmoqda.
Markazda Toshkent shahar segmentida arxiv sohasiga doir ochiq ma’lumotlarning elektron bazasini shakllantirish va muntazam to‘ldirib borish ishlarini ham olib borishlari rejalashtirilgan. 
Shuningdek, Toshkent shahrida faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik sub’ektlarining arxiv hujjatlarini markazlashgan holda davlat saqloviga qabul qilish ishlari ham amalga oshirilmoqda.
Navro‘z umumxalq bayramini munosib nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish, xalqimiz orasida milliy qadriyatlarimizga xos bo‘lgan o‘zaro mehr-oqibat va hamjihatlikni yanada kuchaytirish, beg‘araz yordam, mehr-muruvvat kabi ezgu fazilatlarni yuksaltirish, arxiv binolari atrofini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, respublikaning barcha hududlarida sanitariya holatini yaxshilash hamda “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturida ko‘zda tutilgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 2 martdagi 208-f-sonli farmoyishi ijrosi yuzasidan Agentlik va uning tizimidagi arxivlarida “2017 yil mart-aprel oylari - obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish oyligi” deb e’lon qilindi.
Shuningdek, barcha arxivlarida umumxalq xayriya hashari o‘tkazilib, arxiv binolarining yon atroflarida mevali va manzarali daraxtlarni oqlash va butash, ko‘cha hamda yo‘laklarni tartibga keltirish ishlari amalga oshirildi. Hashar davomida 3 ta markaziy davlat arxivlari va 14 ta hududiy arxiv ishi boshqarmalari tomonidan 230 ta mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari hamda 586 ta gul ko‘chatlari ekildi.
21 mart - Navro‘z bayramini munosib o‘tkazish, arxiv mussasalarida faoliyat yuritayotgan xodimlar orasida sportni keng ommalashtirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, sport bilan muntazam shug‘ullanishga jalb etish, xodimlar o‘rtasida hamjihatlikni yanada kuchaytirish maqsadida joriy yilning 24 mart kuni Respublika arxivlari o‘rtasida sport o‘yinlari o‘tkazildi.
Arxivlarida faoliyat yuritayotgan erkaklar o‘rtasida kuch sinashish (armrestling), 400 metrga estafeta shaklida yugurish va futbol bo‘yicha, xotin-qizlar o‘rtasida shashka, stol tennisi va darts otish bo‘yicha sport o‘yinlari o‘tkaziladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 5 iyuldagi “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqining faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi PF-5106-sonli Farmoni va 2017 yil 
18 iyuldagi “O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3138-sonli Qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi “O‘zarxiv” agentligi va uning tizimidagi respublika arxivlaridagi yoshlar manfaatlarining haqiqiy himoyachisi bo‘lishiga erishish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi (24.08.2017y №91) va O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining (21.08.2017y №7 QQ) sonli qo‘shma Qarori imzolandi.
Mazkur qo‘shma qaror bilan belgilab olingan vazifalarni ijrosini ta’minlash maqsadida joylardagi arxivlardaO‘zbekiston Yoshlar ittifoqi mas’ul xodimlari xamda arxivchi yoshlar ishtirokida ta’sis yig‘ilishlari bo‘lib o‘tmoqda, ushbu yig‘ilishlarda arxivlarning Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchilari saylanmoqda.
2017 yil “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” munosabati bilan Farg‘ona tumani markazida fuqarolarga qulaylik yaratish, ularning vaqti va mablag‘larini tejash maqsadida tuman markazida Marg‘ilon shahar davlat arxivi hujjatxonasi ochildi va u yerda 3 nafar xodim faoliyat olib bormoqda. 
Toshkent viloyatida ijtimoiy sohaning rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha viloyat davlat arxivlari xodimlariga (X.Kurbaniyazov, X.Buronov, D.Irmatova va boshqalar) “Xalq bank”lari bo‘limlaridan qoramol uchun kredit olishda amaliy yordam ko‘rsatildi.
Joriy yilning 29 avgust kuni 2017 yil 27 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 26-yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi 3095-sonli PQga ko‘ra “O‘zbekiston - mustaqil va jannatmakon yurt” mavzusida davra suhbati hamda fotoko‘rgazma o‘tkazildi
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 26 yilligi munosabati bilan 6 nafar arxiv xodimlari E.A.Ziyayeva, U.B.Abdullayeva, D.O.Shodmonova, Sh.I.G‘iyosov, Z.Z.Xasanova va Z.B. Po‘latovalar fahriy yorliq bilan taqdirlandilar hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivi tomonidan 1-sinfga chiquvchi farzadlari bor 8 nafar arxiv xodimlarinimoddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadida ularning farzandlariga sovg‘alar berildi.
Tizimdagi arxiv xodimlari o‘rtasida 9 may Xotira va Qadrlash kuniga bag‘ishlab futbol hamda 9 iyun Xalqaro Arxivlar kuniga bag‘ishlab viloyat arxivi xodimlari o‘rtasida shaxmat-shashka, stol tennisi musobaqalari o‘tkazildi. 
Farg‘ona viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi tizimidagi arxivlar xodimlarining 47 nafariga aprel oyida Samarqand shahriga 4 kunlik jamoaviy sayoxat uyushtirildi.
Boshqarma tizimidagi barcha davlat arxivlari xodimlari yoz faslida jamoaviy tarzda tabiat so‘lim maskanlariga sayoxat dam olish tadbirlarini amalga oshirildi.
Ijtimoiy sohaning rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha 
2017 yil davomida tizimidagi davlat arxivlari va ularning filiallarida byudjetdan tashqari mablag‘lari xisobidan maosh oluvchi 40 ta yangi ishchi o‘rni yaratish rejalashtirilgan bo‘lib, yaratilgan ish o‘rinlari hisobiga xisobot davriga 29 fuqaro ish bilan ta’minlandi. Shuningdek, boshqarma tomonidan tizimdagi arxiv muassasalarida mehnat qilayotgan 20 nafar xodim uchun joriy yilning 13-17 dekabr kunlari Xorazm viloyatining Xiva shahriga sayohat uyushtirildi.
Marg‘ilon shahar davlat arxivining xodimlariga yil davomida sog‘liklarini tiklash uchun 2 569 417 so‘m moddiy yordam berildi. Boshqarma, viloyat davlat arxivi va Marg‘ilon shahar davlat arxivining 3 nafar xodimi Namangan viloyati Chortoq tumanida sog‘liklarini tiklash uchun kasaba uyushmasi bilan hamkorlikda “Chortoq” sihatgohiga hamda Marg‘ilon shahar davlat arxivining yana bir xodimi 2017 yil may oyida Farg‘ona tumanidagi “Chimyon” sanatoriyasiga yuborildi. Viloyat arxivida sog‘lomlashtirish sport zali 3 turdagi yangi zamonaviy jihozlar bilan ta’minlandi. Viloyat davlat arxivi xodimlari uchun ish vaqtida o‘rnatilgan tartibda va muddatda yengil sport mashqlari bilan shug‘ullanish imkoniyati yaratib berildi.
Markaziy davlat arxiviga tashrif buyurgan tadqiqotchilar ya’ni jismoniy shaxslar tadqiqotlari uchun arxiv hujjatlarini elektron nusxaga o‘tkazib berish ishlarini amalga oshirildi va shu bilan birga, “2017 yil Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili Davlat dasturi” talablarini sifatli ijrosini ta’minlash maqsadida shaxsiy tarkib hujjatlari ro‘yxatlari (opislari) to‘liq raqamlashtirildi, shuningdek arxiv ro‘yxatlarini qayta tuzish va ro‘yhatlarni takomillashtirish ishlari olib borilmoqda. Jumladan, joriy yil davomida shaxsiy tarkib hujjatlari ro‘yxatlari asosida 82 850 s.b hujjatlar Word shaklida ro‘yxatlashtirildi. Ushbu ma’lumotlar bazasidan qidiruv tizimi soddalashtirilgan holda tashkil etildi. 
2017 yil “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturi ijrosini ta’minlash bo‘yicha ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejasiga muvofiq Samarqand viloyat davlat arxivida jismoniy va yuridik shaxslarga qulay shart-sharoit yaratish maqsadida Infokiosk qurilmasi sotib olib o‘rnatildi.
Arxiv xizmatlaridan foydalanishda aholi vaqtining tejalishi natijasida xalqning davlat boshqaruvi organlariga ishonchini yanada oshirishga erishish maqsadida viloyat davlat arxivlarida Infokiosk xarid qilinib, ularda “Archive kiosk” dasturiy ta’minoti o‘rnatildi va viloyat arxivlarida saqlanayotgan shaxsiy tarkib hujjatlari bazasi joylashtirildi.
Joriy yil davomida davlat dasturi ijrosini ta’minlash bo‘yicha o‘tkazilgan tadbirlar davomida respublika bo‘yicha jami 464,6 mln. so‘m miqdorida mablag‘lar sarflandi. Shundan, 32,4 mln. so‘m byudjet mablag‘lari, 465,8 mln. so‘m byudjetdan tashqari mablag‘lar va 1,2 mln. so‘m homiylar mablag‘iga to‘g‘ri keldi.

 

Yuklab olish (*.doc 32 kb)