“Oʻzarxiv” agentligining 2024-yil I-yarim yillik yakunlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Hukumati tomonidan belgilangan vazifalarning bajarilishiga bag‘ishlangan kengaytirilgan Hayʼat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.



















“Oʻzarxiv” agentligining 2024-yil I-yarim yillik yakunlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Hukumati tomonidan belgilangan vazifalarning bajarilishiga bag‘ishlangan kengaytirilgan Hayʼat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
 

KUN TARTIBI:

I. “Oʻzarxiv” agentligining 2024-yil I yarim yillik yakunlari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Hukumati tomonidan belgilangan vazifalarning bajarilishi toʻgʻrisida (U. Yusupov):

– Xorazm viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshligʼining (R. Matrasulov) 2024-yil I yarim yilligida oʻtkazilgan arxiv ishi va ish yuritish holati ustidan oʻtkazilgan davlat nazorati natijalari boʻyicha hisoboti.

II. “Oʻzarxiv” agentligida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va topshiriqlari ijrosini tashkil qilish va nazorat qilish, Agentlik tizimidagi tashkilotlarda ijro intizomi holati, uni mustahkamlash, bu borada rahbarlar masʼuliyatini kuchaytirish, hamda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari hamda soʻrovlar ijrosi holati toʻgʻrisida (Sh. Sadikov, L. Mirzayev, D. Yusupov):

– Fargʻona va Sirdaryo viloyatlari arxiv ishi hududiy boshqarmalari boshliqlarining (D. Mallayev, Sh. Normatov) arxiv ishi hududiy boshqarmalari va arxivlarda ijro intizomi hamda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari ijrosi hamda rahbarlarning masʼuliyati toʻgʻrisidagi hisoboti.

III. Davlat arxivlari tomonidan “Davlat arxivlarida raqamlashtirilayotgan hujjatlarni yagona saqlovini taʼminlash hamda ulardan foydalanish” axborot tizimiga maʼlumotlarni kiritish holati toʻgʻrisida (Sh. Yaminov, A. Ziyatdinov).

IV. Xonqa va Olmaliq tumani davlat arxivida Adliya vazirligi tomonidan oʻtkazilgan xizmat tekshiruvi natijalari boʻyicha amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida (U. Yusupov, F. Suyunov, R. Matrasulov, D. Rayimjonov).

V. Turli masalalar.























 


Manba : “O‘zarxiv” agentligi Axborot xizmati